Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Otali Eluja

 

Элужа Отали (Ҳусейнова Мадина Ихтиёр қизи) 1966 йил 19 ноябрида Озарбайжоннинг Нефтчала тумани, Холқарақошли шаҳарчасида туғилган. Боку Давлат университетининг кутубхоначилик факультетида таҳсил олган. “Озарбайжонда китобсеварлик: ташкил топиши, ривожи, модерн давр ва оқимлари” мавзусида докторлик дисертациясини ҳимоя қилган. Адиба Швецияда истиқомат қилади.

Otajonov Ibrohimjon

Tugildi:

26 aprel 1952 yil

 

Ibrohimjon Otajonov 1952 yil 26 aprelda Namangan viloyatining Mingbulok tumanida tavallud topgan.
"To‘g‘rining to‘qmog‘i" nomli sher’iy to‘plam shoirning ikkinchi kitobi hisoblanadi. Shoirning ilk kitobi "Hakiqatga yuzlandim" deb nomlanib, ushbu to‘plam 2000 yilda keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan edi.
Mazkur she’rlar to‘plamida to‘g‘rilik, adolat va xaqiqat haqidagi mulohazalarni o‘zida mujassamlashtirgan she’rlar keltirilgan. Unda insonning kundalik hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qoidalarni ma’lum darajada tartibga solishga hamda ularni muayyan tarzda umumlashtirishga harakat qilingan. To‘plamda samimiylik, to‘g‘rilik, kamtarlik, sezgirlik, mehr-muhabbat, to‘y, oila, ayollarni e’zozlash, onalarni avaylash, ota-ona ma’suliyati kabi masalalar she’riy usulda mazmunli, ta’sirchan va qiziqarli tarzda yoritilgan.
Muallif Ibrohimjon Otajonovning yaxshilik va yomonlik, iymon va iymonsizlik, oqillik va johillik mavzuida yozgan she’rlari insonni daf’atan sergak torttiradi. O‘z umr yo‘liga teranroq nazar tashlashga, nuqson - kamchiliklarini tuzatishga urinishga va oxir - oqibat haqiqat va ko‘ngil poklash ishiga kamarbasta bo‘lishga undaydi.

Otabek Nurmat

 

Nurmat Otabek 1955 yil Sayram tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor.

Ostonayeva Dilfuza

Tugildi:

8 yanvar 1968 yil

 

Ostonaeva Dilfuza Faxritdinovna, 1968 yilning 8 yanvar kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1975-1985 yillar 15-sonli o‘rta maktabda, so‘ngra 1985-1991 yillar Samarqand tibbiyot institutini, 1991-1992 yillar Buxoro viloyati Endokrinologiya dispanseri klinik internaturasida tahsil olgan. 1992 yildan Qorako‘l tumani Markaziy poliklinikasi (hozirdagi Ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika) endokrinolog-vrach lavozimida ishlab kelmoqda. Uch nafar farzandi bor.

Ostonaqulov Ikromiddin

Tugildi:

3 noyabr 1957 yil

 

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi tarix fanlari doktori, “Turon” fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi Ikromiddin Ostonaqulov adabiyot tarixi va adabiyotshunoslik, tasavvuf va islomshunoslik, tilshunoslik va matnshunoslik sohalarida izlanishlar olib borib, Nosiruddin Rabg‘uziy (XIV asr), Muhammad Siddiq Rushdiy (XVIII asr), Majzub Namangoniy (XIX asr), Abdulg‘ofur Ismatiy (XIX asr), Ziyouddin Haziniy (1867–1923), Rojiy Marg‘inoniy (1834–1918), Husaynxon Mushkin (1904–1976) kabi ijodkorlar merosini ilmiy va adabiy muomalaga olib kirishga munosib hissa qo‘shdi. U 1957 yili 3 noyabrda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yili Farg‘ona Davlat pedagogika institutining (hozirgi FarDU) “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetini bitirib, o‘rta maktabda o‘qituvchi, tuman gazetasida musahhih, Farg‘ona viloyati gazetasida muxbir va adabiy xodim lavozimida ishlagan. Uning “Avliyolar sultoni. Turonlik valiylar”, “Farg‘onalik valiylar”, “Muhammad Siddiq Rushdiy va uning “Tazkirat-ul avliyo-turkiy” asari” monografiyalari, “So‘z chamani ichra navo ko‘rguzib” (Xalq hofizi Rasulqori Mamadaliyev haqida risola), “Yozyovonlik Suyarxon to‘ra”, “Nafs tarbiyasining 40 maqomi” kabi kitoblari tasavvuf maʼnaviyatini targ‘ib etuvchi asarlar sifatida mashhur.