Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Omanova Mubora

Tugildi:

5 aprel 1983 yil

 

Omonova Mubora Abdurazaqovna 1983 yil Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2000 yilda Alisher Navoiy nomidagi SamDU O’zbek filologiyasi fakulteti “O’zbek filologiyasi” ta’lim yo’nalishiga o’qishga kirgan va 2004-yilda o’qishni tamomlagan. 2010 yil Nizomiy nomidagi TDPU magistratura bo’limining O’zbek adabiyoti yo’nalishiga o’qishga kirib 2012 yil o’qishni tamomlagan. 2012 yildan Nizomiy nomidagi TDPU “O’zbek tili va adabiyoti” fakultetining “O’zbek adabiyoti” kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlagan. 2018 yildan “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 50 ga yaqin maqolalar muallifi, OAK ro’yxatidagi ilmiy jurnallar va umume’tirof etgan indeksatsialashgan Scopus jurnalida maqolalari chop etilgan. 5 ta xorijiy jurnallarda va 10 dan ortiq Respublika jurnallarida maqolalari chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta “O’zbek adabiyoti” nomli o’quv qo’llanma mualliflaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim inspektsiyasida uzviylikni ta’minlash bo’yicha, Xalqaro baholash bo’yicha Milliy markazda hamkorlikda faoliyat yuritgan.

Olmos

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Olmos Ahmedova

 

Olloyor Safar

Tugildi:

25 aprel 1969 yil

 

Safar OLLOYOR 1969 yil 25 aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog'ida tug'ilgan. Shu tumandagi 7-umumta'lim maktabida tahsil olgan. 1996 yilda O'zMUning jurnalistika fakultetini bitirgan. Dastlab Dehqonobod tuman gazetasida adabiy xodim, so'ngra O'zbekiston Respublikasi Radiosida muharrir, katta muharrir va O'zbekiston Respublikasi Televideniesida muharrir, katta muharrir, bo'lim boshlig'i; keyinchalik “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” va “Adolat” gazetasi tahririyatlarida hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatida bo'lim mudiri bo'lib ishlagan. Ayni paytda “O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborotnomasi – Biulleten Verxovnogo suda Respubliki Uzbekistan” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnali va “Kuch – adolatda” huquqiy gazetasi birlashgan tahririyatida xizmat qilmoqda. 1996 yildan O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining a'zosi. “Yilning eng yaxshi jurnalisti” tanlovi sovrindori (1997). 1998 yil 22 iyundan O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a'zosi. “Istiqlol tongi” tanlovining yoshlar nominatsiyasi bo'yicha g'olibi (2001). Safar OLLOYOR 8 ta (“Saxovat savobi”, “Muhojirlik – muhtojlik”, “Nomsiz Armon”, “Serreja Rejissyor”, “Tilsiz Tilsim”, “Ermak ertak”, “Odam” va “Hayqiriq”) mustaqil dostondan tarkib topgan “Odam va Omad” asari bilan adabiyotda ilk janr bo'lgan ZARBULDOSTONga va badiiy adabiyotda yana bitta ilk janr – QO'SHSATR asoschisi deb e'tirof e'tildi. Safar OLLOYOR tarjimon sifatida Iogann Volfgang Gyote, Franchesko Petrarka, Jon Kits singari jahon adabiyoti yuksak namoyondalarining, shuningdek, Senegal she'riyatidan Semben Usmon, David Diop, Lamin Diakate, Malik Fal hamda Nepal she'riyatidan Lekxnatx Paudyalay, Bxuni Sherchan, Lakshmiprasad Devkota, Bxavani Bxikchu, Madxav prasad Gximire she'rlarini ona tilimizga o'girgan. Safar OLLOYORning she'rlari rus, ingliz, hind va boshqa chet tillarga tarjima qilingan.

Olimjon Hamid

Tugildi:

12 dekabr 1909 yil

Vafot etdi:

3 iyul 1944 yil

 

Hamid OLIMJON 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tug‘ilgan. Ijodini dastlab hikoyalar bilan boshlagan. Tezda iste’dodi o‘zining lirik tabiatini namoyon qiladi. Shoirning yangi she’riyat va yangi badiiy shakllarga intilishi uning «Baxtlar vodiysi», «O‘rik gullaganda», «O‘zbekiston» she’rlarida yaqqol aks etdi. H.Olimjon Ikkinchi jahon urushi yil- larida xalq og‘zaki ijodiga xos ifoda usuli va vositalaridan keng foydalangan holda xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi she’rlar yozdi. «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi she’r va balladalari shular jumlasidandir. Uning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» nomli dostonlari jarangdor ohangi bilan o‘zbek she’riyati- ning o‘lmas mulkiga aylangan. HOlimjon ijodida tarjima ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan, A.Pushkin, T.Shevchenko, K.Simonovdan qilgan tarjimalari o‘zbek tarjimachilik san’atining yuksak namunalari sanaladi. Hamid Olimjon 1944 yil 3 iyulda avtohalokat natijasida vafot etgan.