Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Obidov Abdujabbor

Tugildi:

2 dekabr 1953 yil

 

Abdujabbor Abduxamidovich Obidov, 1953 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, fan nomzodi. O‘zbekiston Milliy Universitetini bitirgan. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlaydi. 2001-2013 yillar davomida “Shabnamdek pok muhabbat”, “Daraxt gullab topar e’tibor”, “Mahliyo ko‘ngil”, “Javzo ifori”, “Shosh ohanglari”, “Mumtoz navo” va “Seni qizg‘onaman” she’riy kitoblarini bosib chiqardi. “Baxtini yo‘qotgan go‘zal” romani (2013 y.), “Ekkaningni o‘rasan”, “Bezabonlar muhabbati” va “Qamishzordan mo‘ralagan yor” (2014 y.) nasriy asarlari chop etilib kitobxonlarga taqdim etilgan.So’ngra ,"Siyrat" shе'riy kitob(2018),"Nozikoy va maymoq" ertagini(2019), "Cho’rtkеsar" hikoyalar to’plamini(2020) nashr ettirdi.2021 yilda "Buyuk Shosh yohud ko'hna Toshkand devori" tarixiy romanini bosmadan chiqardi. 2022 yilda "Ikki Jahon ovoralari" romanini nashr ettirdi

Obidjon Anvar

Tugildi:

25 yanvar 1947 yil

Vafot etdi:

11 aprel 2020 yil

 

O‘zbekiston xalq shoiri. O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli adib. Anvar Obidjon 1947-yilning 25-yanvarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. "Ona er", "Ey, Yorug‘ dunyo", "Olovjon va uning do‘stlari", "Bezgakshamol", "Akang qarag‘ay Gulmat", "Masxaraboz bola", "Juda qiziq voqea", "Erliklar", "Meshpolvonning janglari", "Alamazon va Gulmat hangomasi", "Ajoyibxona", "Oltiariq hangomalari", "Odobli bo‘lish osonmi?", "Tanlangan she’rlar", "O‘g‘irlangan pahlavon", "Bahromning hikoyasi" kabi doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifidir. Uning "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi", "Topsang hay-hay", "Qorinbotir", "To‘tiqul" kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adib 1997 yilda "Shuhrat" medali, 2011 yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan... O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni 73 yoshda Toshkent shahrida vafot etdi.

O'tanova Sirdaryoxon

 

Sirdaryoxon O‘tanova – 1979 yil 14 aprelda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat, 2003 yilda esa Guliston davlat universiteti Filologiya fakultetining magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2004-2006 yillarda O‘zR Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida aspiranturani muvaffaqiyatli o‘tagan. Hozirgi kunda shu institutda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko‘rsatish bilan birga Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida dars beradi. Filologiya fanlari nomzodi (2007). Muallifning o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha o‘ttizga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan.

O'roqova Lola

Tugildi:

16 yanvar 1958 yil

 

Lola O‘roqova 1958 yil 16 yanvarda Qashqadaryo viloyati Kitob shahrining Ipak yo‘li ko‘chasida tug‘ilgan. 1964 – 1974 yillarda o‘rta maktabni medal bilan, 1979 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kitob tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, hokim o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

O'lmasov Ahmad

 

Ahmad O'lmasov – iqtisod fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiiasining iqtisodiyot, moliya va bank ishi nazariyasi kafedrasining mudiri. 150 dan ziyod maqola, risola va kitoblari chop etilgan. “Bozor iqtisodiyoti”, “Ishbilarmonlar lug'ati”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiyot asoslari” va boshqa ko'plab kitoblarning muallifi.