Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Yo'ldoshev Tohir

Tugildi:

8 iyun 1961 yil

 

Yo‘ldoshev Tohir Sobirovich 1961 yil 8 iyunda Farg‘ona shahrining Yormozor qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning o‘quvchilik davrlaridayoq adabiyotga bo‘lgan mehrining qaynoqligi sezilgan. Shu bois, ko‘plab shoir va yozuvchilarning asarlarini qunt bilan o‘rgana boshladi. Borib-borib esa, nasr yo‘nalishi bo‘yicha qalam tebratishga hissiy ishtiyoq paydo bo‘ldi. Mana shu qiziqish FarDUning o‘zbek filologiyasida tahsil olishiga va o‘z ustida ishlab-izlanishiga katta yo‘l ochdi. Mashqlari shahar, viloyat va respublika matbuotlarida bosilib chiqdi. Ko‘plab tanlovlar g‘olibi. Jumladan, 2019 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ikki qissasi “Yilning eng yaxshi asari” deb topilib, “Adib va jamiyat” ruknida “Ikki o‘t orasi” nomli kitobi chop etildi. Mustaqillik bayramining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nasr yo‘nalishi bo‘yicha nominasiyada yuqori o‘rinni egalladi.

Yo'ldoshev Mahmud

 

Маҳмуд Йўлдошев – психология фанлари номзоди, Жиззах вилоятининг Аъламли қишлоғида туғилган. Унинг асарлари. “Боль” (1989 й.), “Ҳақни излаб” (1993й.), “Тўрт қаторда турон бор” (1997 й.), “Порлаган юрак” (2000 й.), “Қалбим сирлари” (2006 й.), “Катта тасбеҳ” (2007 й.), “Қум қаср” (2009 й.), “Йиллар маржони” (2011 й.), “Сидранинг тўрт меваси” (2015 й.) шеър ва достонлар, ҳамда “Хотирда сақлаш уллари” (1995 й.), “Долзарб луғат” (1998 й.), “Тақдир тароналари” (2001 й.), “Ҳамшира меҳнати психологияси” (2002 й.), “Оилада руҳий муҳит ва унинг тарбияга таъсири” (2004 й.), “Тарбия тасвирлари” (2009 й.), “Ижтимоий тарғибот хусусиятлари” (2009 й.), “Раҳбарлик психологиясида ахлоқ” (2010 й.), “Жажжи даҳолар тарбияси” (2011 й.) каби ҳикоя, тарбиявий ва қўлланма асарлари чоп этилган...

Yo'lchiyev Qahhor

 

Qahhor Yo’lchiyev Toshkent davlat universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida o’qigan. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori. Yosh ijodkorlar Zomin seminari ishtirokchisi va sovrindori (1998), “Xurshidiy nigoh” (2006, T.: Zarqalam), “Munis nasim” (2007, - F.: Farg’ona) nomli she’riy to’plamlari hamda “Poetik olam sirlari” (Toshkent: Akademnashr, 2012), Tipologik o’xshashliklar: birlik va uchlik (Toshkent, - Turon zamin ziyo”, 2016) nomli monografiyalari nashr etilgan. Adabiyotshunoslikka oid ilmiy maqolalari Avstriya, Kanada, Makedoniya, Turkiya, Polsha, Ozarbayjon, Rossiya kabi mamlakatlar ilmiy nufuzli jurnallarida chop e`tilgan. She’rlari, publitsistik maqolalari bilan mamlkatimiz matbuotida muntazam qatnashib turadi. Farg’ona davlat universitetida ilmiy-pedagogik faoliyat olib boradi.

Yaxshiboyeva Marjona

 

Marjona Yaxshiboyeva 1998 yili Qashqadaryo viloyati,Yakkabog‘ tumanidagi G‘urjob qishlog‘ida tug‘ilgan. “Zulfiyaxonim qizlari” to‘garagi a’zosi, “Kamolot” YOIH a’zosi. Adabiyotning she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha ijod qiladi.

<< <    8 9 10 11 12 13 14    > >>