Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Nosir Usmon

Tugildi:

13 noyabr 1912 yil

Vafot etdi:

9 mart 1944 yil

 

Usmon NOSIR 1912 yil 13 noyabrda Namanganda tug‘ilgan. Go‘dakligida otasidan etim qolib, o‘gay ota qo‘lida tarbiyalanadi. Usmon Nosir 30-yillar boshlarida o‘zbek she’riyatiga chaqmoq bo‘lib kirib keldi. Qisqa vaqt ichida uning 4 she’riy to‘plami chop etiladi. Ushbu to‘plamlarga kirgan «Monolog», «Yurak», «Yana she’rimga», kabi she’rlar o‘sha davr o‘zbek she’riyatining eng sara namunalaridan bo‘ldi. «Naxshon» dostoni otashin shoirning liroepik janrlarda ham etuk asarlar yaratishi mumkinligini namoyish etdi. Usmon Nosir ijodida tarjima, ayniqsa, muhim o‘rin egallaydi. U A. Pushkinning «Boqchasaroy fontani», M. Lermontovning «Demon» dostonlarini yuksak mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girdi. 1937 yili shoir ijodiy faoliyatining 10 yilligi va tavalludining 25 yilligi tantanali nishonlanadi. Ko‘p o‘tmay, u «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, Uzoq Sharq qamoq lagerlariga yuboriladi. Usmon Nosir o‘sha erda 1944 yil 9 martda vafot etgan.

Norqulov Bahron

 

Norqulov Bahron Umarovich 1954 yil 12 martda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan “Pedagogik testlarining ijodkor muallifi” Respublika tanlovining 1997 va 2000 yilgi sovrindori, 1998 yil “Halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, 2002 yil “Shuhrat medali” bilan taqdirlangan.

Norqulov Xolmurod

 

Xolmurod Norqulov — 1993 yil 2 fevralda Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi "Xo‘jaipok" mahallasida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining 4-bosqich talabasi. She’rlari tuman, viloyat gezetalarida e’lon qilingan.

Norqobilov Normurod

 

Normurod NORQOBILOV, 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. 1982 yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. 1987 yil uning “Zangori ko‘l” nomli ilk hikoyalar to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng “Unitilgan qo‘shiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur g‘ori”, “Arazchi chumchuq” (1999), “Bekatdagi oq uycha” (2000), “Ovul oralagan bo‘ri”, “Jo‘shqin daryo” (2005), “Bo‘ron ko‘pgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari va “Dashtu dalalarda” (2009) romani nashr etilgan. Yozuvchining “Tog‘dagi yolg‘iz odam” (2011), “Amir Temur izidan” (2016) asarlari dunyo yuzini ko‘rgan. Adibning “Quyosh botmaydigan yurt”, “Shim yoxud xotinlar janjali”, “Belbog‘” kabi asarlari asosida ko‘p qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qancha hikoya va qissalari rus, qozoq, belorus, qirg‘iz, tatar, arab, turk, xitoy va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan. N. Norqobilov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxrli unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.