Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Normaxmatov Ro‘ziboy

 

Ro‘ziboy Normaxmatov Texnika fanlari nomzodi, professor. 1949 yili Boysun tumanida tug‘ilgan. Samarqand kooperativ instituti (1970 yil) va Moskva kooperativ instituti (1976 yil) aspiranturasini tamomlagan. 3 darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 130 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar uning muallifligida chop etilgan.

Normatov Nodir

Tugildi:

24 dekabr 1950 yil

 

Nodir Normatov yozuvchi, san’atshunos, fotorassom. 1950 yil 24 dekabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Poshxurd qishlog‘ida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakulte- tini (Hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) tugatgan.O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi hamda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy Ijordkorlar uyushmasi a’zosi.«Ko‘hitang hikoyalari» (1977), «Jarlikdan qushlar uchdi» (1986), «Golubie orexi» (rus tilida, 1990) kitoblari, «Barigal» (1991), "Ko‘zgudagi ikkovlon" (2013), «Ro‘zi Chorievning so‘nggi vasiyati» (2009, O‘zbek va rus tillarida) romanlari, «Muqaddas baliqlar egasi» (1981), «Daraxt tagidagi odam» (1987), «Bisot» (2012), «Ismoil tog‘aning tarozisi» (1987), «Jazo» (1985) qissalari chop etilgan. Respublika va xalqaro fotoko‘rgazmalar qatnashchisi. 2010-2012 yillarda uning "Qishloq tomon yo‘l", "Surxon ohanglari", "Vatan sensan, Vatan men", "Ezgulik timsollari" kabi qator shaxsiy ko‘rgazmalari namoyish etilgan. 2010 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.

Normatov Ibrohim

Tugildi:

2 dekabr 1943 yil

Vafot etdi:

21 oktyabr 2020 yil

 

Ibrohim Normatov 1943 yil 2 dekabrda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. Jurnalist, TOShDUning jurnalistika fakultetini sirtdan o‘qib tugatgan. Muxbirlik faoliyatini 1955 yilda maktabda o‘qib yurganida boshlagan. Prezidentning xalqchil ichki siyosatini hamda mustaqil tashqi siyosatini targ‘ib qilish, tashqaridan O‘zbekistonga bo‘layotgan har qanday bo‘xton, tuhmat va xurujlarga zarba berish, Vatan va millat sha’ni uchun kurashish, xalqaro hayotni sharhlash faoliyatining asosiy yo‘nalishidir. Mehnat faxriysi, jurnalistikaning hamma janrida oldingiday ijod qiladi. Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi, Harbiy prokuratura, Ichki ishlar vazirligi idoralarida muntazam o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib turadi. 1997 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i, 2011 yilda “Mustaqillikning 20 yilligi” nishoni bilan mukofotlangan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ibrohim Normatov 2020 yil 21 oktyabr kuni vafot etdi.

Norbekov Mirzakarim

 

Eʼtiboringizga havola etmoqchi boʻlgan inson, ushbu ajoyib uslub muallifi Mirzakarim Sanaqulovich Norbekov – ruhshunoslik fanlari doktori, pedagogika fanlari doktori, tibbiyot falsafasi boʻyicha doktorlik unvoni sohibi, professor. Rossiya hamda qator xorijiy davlatlar akademiyalarining haqiqiy va muxbir aʼzosi. “Inson” institutining asoschisi va prezidenti “Sam chon do” boʻyicha va “Kyokusinkay” boʻyicha qora belbogʻ sohibi (3 dan). Koʻp millionli kitobsevar doʻstlvrimiz uni jahon bestselleriga aylangan kitoblar muallifi sifatida yaxshi tanishadi. – Salomatlik kaliti yoxud koʻzoynaksiz hayot sari (“Opыt duraka, ili Klyuch k prozreniyu”), – Million tekin maslahat topish yoʻli (“Gde zimuyet kuzьkina matь, ili Kak dostatь xalyavnыy million resheniy”), – Oʻz ustingda ishla (“Rabotay nad soboy”) va boshqalar. Shu bilan birga hali rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan “Energeticheskaya klizma, ili triumf teti Nyurы iz Prostodыrovo” , “Uspex na vashu golovu i kak yego izbejatь”, “Trenirovka tela i duxa”, “Sekretы zdorovьya i molodosti, ili kak zarazitьsya lyubovьyu k sebe”, “Bolьshaya kniga o novoy jizni”, “Opыt duraka 2. Klyuchi k samomu sebe”, “Opыt duraka 3. Kak jitь i dobro najivatь: samostoyatelьnoye izgotovleniye semeynogo schastьya v domashnix usloviyax” kabi qator kitoblarning ham muallifi. Bugungi kunga kelib, milliondan ortiq insonlarga sogʻlom hayot quvonchini qaytarib bergan shunday gʻaroyib oʻquv-sogʻlomlashtirish uslubi muallifining oʻzi ham bir paytlari 1-guruh nogironi boʻlganiga insonni hatto ishongisi ham kelmaydi. Ayni navqiron yigit paytida shifokorlar Mirzakarimni kasalini chorasiz, umid yoʻq deb topishdi. Lekin u xastalikni yengishga erisha oldi. Endilikda bu kuchli inson boshqalarga, xastalikdan chiqib olish va sogʻlom boʻlish yoʻllarini oʻrgatmoqda. 5 000 000 ortiq insonlar allaqachon oʻz salomatliklarini tiklab olishdi. “Tibbiyotning barcha kitoblarida sizning xastaligingiz bedavo deb yozilgan boʻlishi mumkin, lekin bu hayotda sizni ushlab turishga arzigulik nimadir boʻlsa – siz muvaffaqiyatga mahkumsiz” – deydi akademik Norbekov. Va bu shunchaki soʻzlar emas. Hozirgi kunda 5 000 000 ortiq insonlar Institut kurslarida oʻz sogʻliklarini tiklashga, hayot yoʻllarini ijobiy tomonga oʻzgartirib, muvozanatga keltirib olishga erishdilar. Kurslardagi mashgʻulotlar tufayli ijobiy kayfiyat va quvvatini tiklab olgan koʻp sonli tinglovchilar oiladagi, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi, ishxonada jamoa orasidagi oʻzaro kelishmovchiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etib oʻzaro uygʻunlik muhitini tiklab olishga erishdilar. Uslub insondagi bunyodkorlik kuchlarini ishga tushirishdan tashqari, uning biznes ishlaridagi xavfsizligini taʼminlashga ham taʼsir qiladi. Koʻplab tinglovchilar kurs mashgʻulotlaridan keyin oʻzlarining shaxsiy ishlarini ochishgan.

Nomozov Ortiqali

Tugildi:

10 dekabr 1949 yil

 

Ortiqali NOMOZOV, 1949 yil 10 dekabrda Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog‘ida tug‘ilgan. 1982 yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turli tahririyatlarda el ardog‘idagi ijodkorlar bilan ustoz-shogirdlikda ishlab kelgan. Uning “Seni kutaman”, “Tongda yo‘lga chiqamiz”, “Said Ahmadning chorbog‘i”, “Mardonbekning so‘nggi kunlari” kabi o‘nga yaqin kitoblari nashr etilgan. 2001 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Nomoz Musulmon

Tugildi:

25 iyul 1962 yil

 

Musulmon Namoz (Nomozov Musurmon Almatovich), 1962 yilning 25 iyulida Surxondaryo viloyatining Uzun tumani hududidagi Fayzova qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu qishloqdagi 58-sonli o‘rta maktabni bitirib, so‘ng Milliy universitetning (Sobiq ToshDU) o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qigan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining O‘zbek tili va adabiyoti instituti, “Vatan” gazetasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi (O‘zA), “Temiryo‘lchi” gazetasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligida ishlagan. Hozirgi vaqtda “Ma’naviy hayot” jurnalida ishlab kelmoqda. Bir umr adabiyotga suyanib yashasa-da, aslan, qalamni hassa qilgan jurnalistlar vakili hisoblanadi. Shu mahalgacha, kundalik mavzudagi yuzlab maqolalarni hisobga olmaganda, bitta roman, ikkita qissa, bir ilmiy-badiiy esse, bir kitob bo‘lg‘ulik adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan. Oilali, kkki o‘g‘il, bir qizi bor.