Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Nizomov Asror

 

Asror Nizomov – Geologiya minerologiya fanlari nomzodi. O‘nlab dala qidiruv ilmiy ekspedisiyalar qatnashchisi. Sayyoh, geograf olim va yozuvchi. U “Chuchuk suv manbai” (1985), “Hisor buloqlari” (1989), “O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnik inshootlari geografiyasi” (2008), “Topo­nimika” (2012, 2013), “O‘zbekistonning ekoturistik resurslari va yo‘nalishlari” (2014), “Zulqarnayn qishlog‘ida” (2013), “Tabiiy geografik jarayonlar” (2015), “Qora yo‘rg‘a” (2015), O‘zbekiston tog‘ muzliklari” (2016) kabi monografiya, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, badiiy asarlar va “Chink”, “Borsa kelmas”, “Sardoba”, “O‘zbekiston ichki suvlari” kabi ilmiy ommabop, o‘quv uslubiy filmlar muallifi.

Nizom To‘lan

Tugildi:

17 avgust 1938 yil

 

To‘lan Nizom mohir dostonnavis shoir. U O‘zbekiston xalq shoiri (1998), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. Xalqaro Cho‘lpon va Bobur mukofotlari laureati. «Mehnat shuhrati» (2003) va «El-yurt hurmati» (2008) ordenlari bilan taqdirlangan. To‘lan Nizom taxallusi, asl ism-sharifi esa Nizomov To‘lanboy. 1938 yil 17 avgustda Andijon viloyati, Bo‘z tumanining Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, Andijon Davlat pedagogika institutiga kirgan. To‘lan Nizom institutni 1965 yilda tugatgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1983-85), Bo‘z pedagogika bilim yurtida direktor (1985-2001) bo‘lib ishlagan. Uning ilk she’riy to‘plami 1970 yilda «Sening ertaklaring» nomi bilan chop etilgan. Uning «Iftixor» (1982), «Muqaddas ruh» (1992), «Vatan tuyg‘usi» (1993), «Chaman ichra», «Aks-sado», «Intizorlik» (1994), «Dahr bog‘i» (1995), «Saylanma» (1998) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan. «Bahoriy maysalar», «Avji yoz» va «Zarrin yaproqlar» nomi bilan (2007-2010) uch jildlik asarlari bosilgan. To‘lan Nizomning «Cho‘lpon», «Majnuntol yig‘isi», «Girya», «Ruhi ravonim», «Bobur» kabi lirik asarlari chop etilgan. Shoirning Usmon Nosirga bag‘ishlangan «Botmay qolgan oy» dostoni va «Cho‘lpon» dramasi, shuningdek, «Dovon», «Ruhlar qasidasi», «Alisher», «Suhbat», «Avvalu oxir» (2002-2003) to‘plamlari shoir ijodiy kamolotiga dalildir. «Uch so‘z» (1995), «Oq gul», «Alisher» (2003) singari doston va lirik qissalarini yozdi. «Non hidi» (1998), «Suhbat» va Qamchiq dovoni qurilishiga bag‘ishlangan «Dovon» (2002) dostonlari hamda "So‘zga aylangan qilich" she‘riy romani, "Temir yo‘l", "Sharof ota" asarlari muallifi.

Niyozov Turob Mamadiyorovich

Tugildi:

13 iyun 1959 yil

 

Turob Niyoz Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Qoratosh qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985 yili O‘zbekiston milliy universitetining Jurnalistika fakultetini bitirdi. O‘qishdan so‘ng «O‘zbekiston», «Kamalak» nashriyotlarida, «Tong yulduzi» gazetasi hamda O‘zbekiston radiosida xizmat qildi. Bir necha yillardan buyon esa O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» telekanalida katta muharrir vazifasida ishlab kelmoqda.
Turob Niyozning shu paytgacha «Muhabbat osmoni», «Gullagan bog‘lar», «Muhabbat gullari», «Ochiq yurak», «Ko‘ngilga murojaat» kabi she’riy kitoblari chop etilgan. U 2007 yili «Muhabbat gullari» kitobi uchun «Eng ulug‘, eng aziz» Respublika ko‘rik-tanlovining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Turob Niyoz O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi.