Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Nishonova Nilufar

 

Nilufar NISHONOVA 2000 yilda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. U 2006-2008 o‘quv yillarida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 2008-2009 o‘quv yilida Toshkent shahar Mirobod tumani 294-ingliz tilini chuqur o‘rgatuvchi maktabda, 2009-2015 o‘quv yillarida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-ixtisoslashtirilgan maktab internatida, 2015 yildan boshlab Uchko‘prik tumani Agrosanoat kasb-hunar kollejida tahsil olib, fidoiy Ustozlari ko‘magida ingliz tilini puxta o‘rganib kelmoqda. Ingliz tili fanidan “Bilimlar bellashuvi” hamda fan olimpiadalarida tuman va viloyat bosqichlarida faol ishtirok etib kelmoqda. U 2014 yilda, 14 yoshida "Yuksak ma’naviyatli avlod" festivali doirasidagi ko‘rik tanlovda "Prezident asarlari bilimdoni" yo‘nalishi bo‘yicha 14-16 yoshlilar o‘rtasida tuman, viloyat va respublika bosqichlarida faol ishtirok etib, birinchi o‘ringa munosib deb topilgan.

Nishonova Sanobar

 

Sanobar Nishonova 1936 yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Yarim asrdan ortiqroq yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanib, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim va pedagogika ilmiy tadqiqot institutida faoliyat yuritgan. Olima yosh avlodni tarbiyalashdek oliyjanob va sermashaqqat sohada samarali mehnat qilib, pedagogika tarixi hamda nazariyasiga oid 200 dan ziyod maqola, qator o‘quv qo‘llanma va darslikpar muallifidir.

Nishonova O'lmasoy

Tugildi:

22 avgust 1984 yil

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira O‘lmasoy Nishonova 1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. 2004-yilda «Muhabbat bekati» ilk she’riy to‘plami chop etilgan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda», «Farg‘ona oydinlari» kabi to‘plamlarga kiritilgan. Respublika yosh ijodkorlarining «Zomin-2005» seminar tanlovida 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tavsiyasi bilan 2005-2007 o‘quv yillari «Oliy adabiyot» kursida ta’lim olgan. Marg‘ilon shahrida «Uvaysiy izdoshlari» adabiy to‘garagi tashkil etib, o‘ndan ortiq shogirdlarining ilk she’riy to‘plamlarini nashrdan chiqarishga muyassar bo‘lgan. 2021-yilda «Harorat» nomli she’riy to‘plami chop etildi. 2024-yil Qozog‘istonning «Dunyo talantlari» uyushmasiga, shuningdek, Qirg‘izistonning «Shoir-yozuvchilar» jamoat fondi a’zoligiga qabul qilingan. Oilali. Hozirda turmush o‘rtog‘i shoir Abdulla Boqiy bilan to‘rt nafar farzandni tarbiyalab kelishmoqda.

Nishonov Isoqjon

Tugildi:

18 mart 1951 yil

 

Исхокжон Нишонов 1951 йил Ўзбекистон Республикаси Наманган вилояти Шаханд қишлоғида, колхозчи оиласида туғилган. Шу қишлоқда жойлашган умумтаълим мактабида таҳсил олган. Мактабни тугатгач Қуролли Кучлар таркибидаги қўшинларда муддатли ҳарбий хизматни ўтаган. Ҳарбий хизматдан сўнг ўз колхозида меҳнат қилиш билан бирга олий таълим муассасанинг “Ўзбек тили ва адабиёти” факультети сиртқи бўлимида таълим олган. Таълим муассасини яхши баҳоларга якунлаб, умумтаълим мактабида ўқитувчилик қилган. Исхокжон Нишонов 2000 йилдан бошлаб ижодий ишларга киришган. Унинг биринчи ҳикояси туман газетасида чоп этилган. Шундан сўнг у кўплаб кичик хажмли ҳикоя ва повестлар ёзган. “Афғон шамоли” – унинг биринчи сериал-романидир. Мазкур китоб 15 томдан иборат бўлиб, бугунги кунгача унинг 12 томи чоп этилган. Ҳозирги кунда унинг сериал-романлари қайта-қайта нашр этилмоқда. “Афғон шамоли” романининг биринчи томи немец тилига таржима қилинган ҳамда 2013 йил Германиянинг «Шлоссер» нашриётида чоп этилган.

Nigmatov Hikmatulla

Tugildi:

8 sentyabr 1946 yil

 

Hikmatulla Nigmatov 1946 yili 8 sentyabr kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug‘ildi. H.Nigmatovning otasi Nigmatjon Shukurov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oliy maʼlumotli edi. 2003yilda vafot etgan. Onasi Shukurova (Norxo‘jayeva) Marxamatxon1925yildaToshkent shahrida tug‘ilgan, oliy maʼlumotli. Turmush o‘rtog‘i Nigmatova (Sharipova) Muattar Akbarovna 1947 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan,oliy maʼlumotli, nafaqada.1953 yili H.Nigmatov Toshkentdagi Temir yo‘li qaramog‘idagi 40-o‘rta maktabning birinchi sinfiga bordi va ushbu11 yillik maktabni 1964 yili “Oltin medal” bilan yakunladi va shu yilining o‘zida Toshkent elektrotexnika aloqa institutining“Radioaloqa, radiouzatish va televideniye” fakultetiga muvaffaqiyatli imtihonlarni topshirib o‘qishga kirdi. 1969 yili institutni muvaffaqiyatli tugatib O‘zbekiston aloqa vazirligi qoshidagi kabel va radiorele magistrallar boshqarmasiga laboratoriya muhandisi lavozimiga ishga joylashadi. O‘zining ish faoliyatini ushbu boshqarmadan boshlaydi. O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi tuman va shahar aholilarini televideniye bilan taʼminlash majburiy bo‘lganligisababli20 tadan ortiq radiorele va televideniye stansiyalarda uzatgich qurilmalarini o‘rnatib va sozlab berish topshirig‘i asosida ishlar bajargan. Jumladan, Samarqand viloyatiga qarashli Qoy-tosh, Pereval, Cholpon ota va Samarqand shahrining o‘zida joylashgan radiorele va televizion stansiyalarida, Angren, Guliston shaxridagi, Qashqadaryo viloyatining Adamtosh va Qarshi shahri ichida joylashgan stansiyada, Surxondaryo viloyatidagi Jarqo‘rg‘on, Vaxshivari, Termiz va Denau stansiyalarida, Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi Turtkul va Nukus shahridagi, Navoi, Buxoro va Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda joylashgan radiorele va televideniye stansiyalaridagi qurilmalarni o‘rnatish, ularni sozlab ishga tushirish ishlari bilan shug‘ullangan.