Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Ngugi Jeyms

 

Jeyms NGUGI (Ngugi Va Txiongo), 1938 yil 5 yanvarda Limuru (Keniya)da tug‘ilgan. Sharqiy Afrika yozuvchisi Ngugi “Bolakay nidosi” (1964, uning birinchi avtobiografik romani), “Sohillar aro” (1965), “Arpa doni” (1967), “Qonli yaproqlar” (1977), “Mixlangan shayton” (1980) romanlari, “Qora darvish” (1962), “Dedan Kimafi kurashlari” (1976) kabi pesalari bilan keng tanilgan. Shuningdek uning “Afrika renesansi” (2009) asari, “Urush davri orzulari” (2010), “Sharhlovchilar uyida” (2012) kabi asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan. 1973 yil “Lotos” mukofoti bilan taqdirlangan.

Nematova Nargizaxon

 

Nematova Nargizaxon Muxtor qizi 1994 yilda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tavallud topgan. Oilali, bir nafar farzandning onasi. Nematova Nargizaxon Muxtor qizi El-yurt umidi fondi stipendianti bo‘lib, 2018 yilda davlat granti asosida Maksim Tank nomli Belarusiya davlat pedagogika unversitetini tamomlagan. Nematova Nargizaxon Muxtor qizi o‘z kasbini sevuvchi, o‘ziga yuklatilgan vazifalami o‘z vaqtida va sitqi dildan bajarishga xarakat qiladi, shu bilan birga jamoada o‘z o‘miga ega, yosh iste’dodli kadr hisoblanadi. Nematova Nargizaxon Muxtor qizi kelgusida xam Vatanimizga sodiq xizmat qiluvchi, kasb mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib, mustaqil tadqiqotlarida O‘zbekistonimiz rivojiga hissa qo‘shuvchi ijodiy ishlar qilishiga hamda halol mehnati bilan ilmiy izlanishlarda muvafaqqiyatlarga erishishiga ishonchi yuqori.

Ne'mat Zikrilla

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Zikrilla Ne’mat 1961 yil Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tugatgan. Shoirning «Ikkimizning yoniq ishqimiz», «Yurtim navosi», «Qaytar dunyo», «Ostonadan boshlanar Vatan», «Spitamenning so‘nmas ko‘shig‘i», «Ezgulik o‘lkasi», «Onam ekkan rayxonlar» saylanmasi, «Muxammas gulshani», «Qalbim qal’asi», «Qaldirg‘ochlar kaytgan kun» kabi o‘ndan ortik kitoblari chop etilgan. Shoir “Vatan hakida ko‘shiklar” kitobi uchun "Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovi g‘olibi, “Yagonasan, mukaddas Vatan!” va “Mardlar qo‘riqlaydi, Vatanni!” ko‘rik-tanlovlarida birinchi va oliy o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.