Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Namozov Anvar

Tugildi:

8 iyul 1970 yil

 

Anvar Namozov nomi, asosan, gazetxonlarga yaxshi tanish. Boisi, u ko‘p yillar etakchi nashrlarda faoliyat ko‘rsatgan. 1993 yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Talabalik davridayoq uning ijod namunalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Oila va jamiyat” gazetalarida chop etilgan. Universitetni tamomlagach, “Zarafshon”, “Darakchi” gazetalarida ishlagan. Bir talay maqolalari va badiiy ijod namunalari “Hurriyat”, “Mohiyat”, “Bekajon”, “Parvona” va boshqa vaqtli matbuot nashlarida ham e’lon qilingan. Anvar Namozov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi ham bo‘lgan. Ayni paytda u respublikamizdagi nufuzli nashriyotlardan birida bosh muharrirlik qilmoqda. A.Namozov ijodga jiddiy, mas’uliyat bilan qaraydi. “Men – ko‘rinmas odam” qissasi uning birinchi kitobidir.

Naimov Muzaffar

Tugildi:

24 faevral 1962 yil

 

Naimov Muzafar O‘rinovich 1962 yil 24 fevralda Surxondaryo viloyati, Denov shaxrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1986 yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (oldingi M.Ashrafiy nomli Toshkent davlat konservatoriyasi)ning “Xor dirijyorligi” fakultetini tugatgan. Unga “Xor dirijyori”, “Xor fanlari o‘qituvchisi” ixtisosligi bo‘yicha kvalifikasiyasi berilgan. Naimov Muzafar O‘rinovichning San’atshunoslik fanlari ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek marosim qo‘shiqlari” (XX asr Janubiy O‘zbekiston vohasi misolida) mavzusidagi ilmiy ishini 2023 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida himoya qilgan. Uning 25 ortik maqolalari Respublika jurnallarida, ilmiy amaliy konferensiyalarida va chel el jurnallarida e’lon qilingan (“Tafakkur”, “San’at”, “Guliston”, “Moziydan sado” va “Teatr” jurnallari). Uning bir qator kitoblari, jumladan “Surxon qo‘shiqlari” I-II-III, “Qalb navolari” qo‘shiqlar to‘plami, “Folklor qo‘shiqlari bolalar xori uchun” uslubiy qo‘llanmasi, “Aziz ustozlar” nomli qo‘shiqlar to‘plami, “Fol’klor qo‘shiqlari jo‘rsiz xor uchun” uslubiy qo‘llanmasi, “Surxondaryo ijodkorlari” (I-II jild) uslubiy qo‘llanmalari, oliygohlarning musiqa ta’limi yo‘nalishlari uchun “Folklor qo‘shiqlari” o‘quv qo‘llanmasi, “Ko‘ngil bir navo istar”, “Qadim Surxon navolari”, “Metar navolari” kabi risolalari nashr etilgan.

Nafasov Doniyor

 

Nafasov Doniyor Shernafasovich 1976-yil 18-avgustda Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Bo’yrachi qishlog’ida ziyoli oilada tug’ilgan. Otasi - Nafasov Shernafas tarix fani o’qituvchisi, O’zbekiston Respublikasi xalq ma’orifi a’lochisi, onasi - Erkaboyeva Aqiljon Shovot tumanidagi 38 – son umumta’lim maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlagan. Nafasov Doniyor Shernafasovich 2022-yil 7-yanvarda 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Unga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan 2023-yil 30-noyabrdagi rayosat qarori bilan dotsent ilmiy unvoni berildi. Nafasov Doniyor Shernafasovich tomonidan 1 ta darslik 4 ta o’quv qo’llanma, 5 ta uslubiy qo’llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta monografiya nashr qilingan, shuningdek, “Talabalar turizmi” nomli mobil ilova yaratilgan.

Nabiyeva Fayzixon

 

Fayzixon Nabieva, Namangan tumanidagi 20-o‘rta maktabning tarix o‘qituvchisi. 1990 yilda Namangan Davlat pedagogika institutini tugatgan. Hozirda tumanni eng fidoyi va jonkuyar murabbiylaridan. Uning o‘quvchilari Respublika maktab o‘quvchilarining «Siz tarixni bilasizmi?» ko‘rik- tanlovida qatnashib, har yili faxrli o‘rinlarni egallab kelmokda. Fayzixon Nabieva 2001 yilda «O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan takdirlangan.