Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Muxtor Asqad

Tugildi:

23 dekabr 1920 yil

Vafot etdi:

17 aprel 1997 yil

 

Asqad MUXTOR 1920 yil 23 dekabrda Farg‘onada tug‘ilgan. Uning «Bizning avlodlar» nomli birinchi dostoni 1939 yilda e’lon qilingan. Adib ko‘plab nasriy asarlar yaratdi. Jumladan, «Opa-singillar», «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor» romanlarida mehnat kishisining insoniy fazilatlarini tasvirlagan. «Chinor» mazmun va shakliga ko‘ra, o‘ziga xos asar bo‘lib, unda o‘zbek xalqi bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, kishilar ruhiyati yorqin aks etgan. Adib qaramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu badiiyat qirrasi shoirning lirikasida ham ko‘zga tashlanadi. Inchinun «99 miniatyura», «She’rlar», «Sirli nido» singari to‘plamlariga kirgan she’rlarida o‘zbek poeziyasining boy imkoniyatlari namoyish etilgan holda muallifning hayot haqidagi o‘ylari, davrga oid falsafiy mushohadalari bo‘rtib ko‘rinadi. Adibning Sofokl, Shekspir va boshqa jahon shoirlaridan qilgan tarjimalari tarjima san’atining yuksak namunalari sanaladi. Shoir 1997 yil 14 aprelda vafot etgan.

Muxtarov Erkinjon Kobiljonovich

Tugildi:

21 iyul 1970 yil

 

Muxtarov Erkinjon, 1970 yil 21 iyulda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ziyoli oilasida tavvallud topgan. 1992 yil Andijon davlat universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Hozirda Andijon davlat universiteti fizika kafedrasida katta o’qituvchi bo’lib ishlaydi. “Yarimo’tkazgichlar fizikasining dolzarb muammolari” bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.