Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Muqimov Komil

 

Komil Muqimov - O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademigi), fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1940 yili Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1964 yili Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. 1964 - 1967 yillarda Moskva davlat universiteti fizika fakulteti aspiranti. 1968 yili nomzodlik va 1988 yili doktorlik dissertasiyalarini yoqlagan. 1967 yildan 1992 yilga qadar Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da o‘qituvchi, dosent, professor, ilmiy laboratoriya va kafedra mudiri hamda fakultet dekani vazifalarida ishladi. 1992 yildan 2005 yilgacha Buxoro davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan... U 250 dan ortiq ilmiy maqolalari, bir nechta monografiya va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlagan. 21 ta fan nomzodi va 3 ta fan doktori tayyorlagan...

Mullajonova Iroda

 

Ирода Муллажонова 1983 йил Тошкент вилояти Пискент шаҳрида туғилган. Ёш ижодкорнинг “Баҳорга мактуб”, “Кўкламой” номли тўпламлари чоп этилган...

Mulaydinov Farxod

Tugildi:

30 aprel 1987 yil

 

Muhiddin To‘lqin

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Qozoqboev To'lqin Muhiddinovich

 

To'lqin Muhiddin (To'lqin Muhiddinovich Qozoqboyev) 1940 yil Toshkentda tavallud topgan. 1965 yilda hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo'limini tamomlagan. Muallif ilmiy yo'nalishda "Jurnalistika asoslari", "Muharrirlik mahorati" nomli o'quv qo'llanma va darsliklar yaratdi. Bundan tashqari, o'tgan davr ichida bir nechta dramalari sahna yuzini ko'rdi. Jumladan, chop etilgan ikki jildli "Saodatning jasorati" dramalar majmuasida 30 ta pyesa joy olgan. To'lqin Muhiddin O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi, O'zbekiston adabiyot jamg'armasi hamda O'zbekiston teatr ijodkorlari uyushmasi a'zosidir.

Muhammedov Murod Muhammedovich

Tugildi:

21 oktyabr 1949 yil

 

Muhammedov Murod Muhammedovich, 1949 yil 21 oktyabrda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1967-1971 yillar Samarqand kooperativ (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis) institutida tahsil olgan. 1975-1978 yillar Ukrainaning Lvov shahrida Cenrosoyuzning savdo-iqtisod instituti aspiranti, 1989-1992 yillar esa Moskva kooperativ institutining doktoranti bo‘lgan. 1979 yilda Kievda nomzodlik, 1992 yilda Moskvada doktorlik dissertasisiyani himoya qilgan. 1988-2011 yillar Samarqand kooperativ instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Samarqand bo‘limi, Samarqand davlat tibbiyot institutida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 700dan ziyod ilmiy maqolalari O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va dunyoning boshqa mamlakatlarida chop etilgan. Iqtisod sohasida 20 dan ziyod monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning muallifi, shulardan 7 nafari xorijda chop etilgan.