Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Xolboyev Faxriddin

 

Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich 1966 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1991 yil Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan va shu yildan boshlab o‘z mehnat faoliyatini mazkur institutning Zoologiya kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Buxoro davlat universitetida stajer tadqiqotchi va aspirant lovozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining Zoologiya kafedrasi professori lovozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 160 ta ilmiy ishlar nashr etilgan. 5 ta ilmiy uslubiy qo‘llanma, 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 1 ta monografiya, biologiya bakalavriat yo‘nalishi va biologiya mutaxassisligi magistrlari uchun mo‘ljallangan 2 ta darslik (Zoogeografiya, Ornitologiya) nashr ettirgan.

Xodja Yakub Djan

 

Yakub Djan Xodja (Yakubdjan Xodjaev) 1935 yil 27 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat (hozirgi O‘zbekiston milliy) universitetini tamomlagan. 1963 yil uning bolalar uchun birinchi «Gnomi-ka sarguzashtlari» nomli poetik she’riy to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng uning «Jelezniy malchishka» (“Temirdek o‘g‘il bola”), «Severniy gost» (“Shimoliy mehmon”), «Volshebnik iz nashego doma» (“Bizning uyimizdagi sehrgar ”) va boshqa asarlari birin-ketin chop etilgan. Muallif o‘zining ko‘plik yillik ijodiy faoliyatini jurnalistika sohasiga bag‘ishlagan. O‘quvchilar doirasida tashkil etilgan ko‘plab uchrashuvlar, yoshlar bilan bo‘lgan samimiylik yozuvchini qator sarguzashtli hikoya va povestlar yozishga ilhomlantirdi. Shu davrda yaratilgan asarlardan ayniqsa «Iskatel priklyucheniy – Vundergay» (“Sarguzashtlar izlovchi Vundergay”), «Uschele spyaschego drakona» (“Uxlayotgan ajdarhoning tog‘ darasi”) asarlari hamda «Pro vse, kak bilo» (“Bularning hammasi qanday bo‘lgan”) nomli biografik povesti kitobxonlar tomonidan maxsus e’tirofga sazovor bo‘lgan. Uning asarlariga turli mukofotlar berilgan. Shuningdek yozuvchining ijodida taniqli shoirlarning she’rlarini tarjimasi ham alohida ahamiyatga ega. Uning bir qator pesalari qo‘g‘irchoq teatri va televidenieda sahnalashtirilgan. Yakub Djan Xodja – Bolgariyada tashkil etilgan xalqaro bolalar teatri festivalining ishtirokchisi. Uning asarlari dunyo xalqlarining turli tillariga tarjima qilinib, bolalar va o‘smirlarning maktab dasturlariga kiritilgan.

Xo'janov Dilshod

Tugildi:

7 iyul 1985 yil

 

1985 yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent Davlat Yuridik institutining "Jinoiy-huquqiy faoliyat" fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. Uning jinoyat huquqi va boshqa huquq sohalariga bag‘ishlangan 10 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari Respublika nashrlarida e’lon qilingan.