Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Zulfiyabegim

 

1981 yil Toshkent shahri, Olmazor tumani Sag‘bon maxallasi Namuna ko‘chasida tavallud topgan. Hunarmand oilasida o‘sib ulg‘aygan. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 224 maktabni tamomlagan. Ikki nafar farzandning onasi. Xozirda malakali modeler konstruktor lavozimida ishlaydi. Yozuvchilik katta orzusi bo‘lganligi bois, o‘qib izlandi. O‘rganganlarini esa yozishda to‘xtamadi. Tarix va adabiyot yo‘nalishida sirtdan o‘qib o‘z bilimini oshirishda va izlanishda hamon davom etmoqda. “Silai rahm”, “Nefrit ostidagi jumboq” kitoblari nashr etilgan.

Zulfiya

Tugildi:

1 mart 1915 yil

Vafot etdi:

1 avgust 1996 yil

 

ZULFIYa (Zulfiya Isroilova) 1915 yil 1 martda Toshkentda tug‘ilgan. 1934 yili ilk she’riy to‘plami chop etilgan. 1935 yili shoira hayot rishtalari shoir H.Olimjon hayot rishtalari bilan bog‘lanadi. H.Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) chop etilgan «Hijron kunlarida» nomli she’riy to‘plamiga shoira qalbining abadiy firoq iztiroblari bilan to‘la she’rlari kiritilgan. 50-yillarning 2-yarmida Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik ostida o‘tgan harakatida faol qatnashadi va shu davrda yozilgan «Mushoira» she’ri shoiraga katta shuhrat keltirdi. U mustaqillik yillarida «Xotira siniqlari» nomli dostonini yaratdi. Zulfiya Javoharla’l Neru nomidagi va «Nilufar» nomli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘gan. Shuningdek, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan va uning nomida yoshlar uchun Davlat mukofoti ta’sis qilingan. Shoira 1996 yil 1 avgustda vafot etgan.

Zoyirov Kamolitdin

 

Zoyirov Kamolitdin Abduhakimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dosent. 1960 yilda Samarqand viloyatining Nurota (hozirgi Qo‘shrabot) tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutining arxitektura fakultetini tugatgan. Qori – Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida aspiranturani tugallab, 1994 yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2003-2006 yillarda Qori – Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida doktoranturani tugallab, “Uzluksiz ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassis­larning grafik tayyorgarligini jadallashtirish nazariyasi va metodikasi” mavzu­sidagi doktorlik dissertasiyasini yakunlagan va ochiq himoyaga tavsiya etilgan. 2010 yildan buyon Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida mudir bo‘lib ishlamoqda. Grafik ta’lim nazariyasi va metodikasiga bag‘ishlangan 70 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlari nashr etilgan.

<    1 2 3 4 5    > >>