Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Vafo Salomat

 

Salomat Vafo – 1962 yil 20 yanvarda Horazm viloyati, Shovot tumani, Manoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984 yil O‘zMUning Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yozuvchi o‘zbek adabiyotida roman yozgan ilk ayol yozuvchi hisoblanadi. Salomat Vafoning “Farida” hikoyalar to‘plami (1989), “O‘zini izlagan ayol” qissa va hikoyalar to‘plami (1991), “Ko‘ngil farishtasi” qissalar to‘plami (1997), “Tilsim saltanati” (2004), “Ovoraning ko‘rgan-kechirganlari” romanlari (2008), “Qora beva” (2009), “Nomsiz kema” (2015) hikoyalar to‘plami nashr etilgan.

Usmonxo‘jaev Abdukarim

 

Abdukarim Usmonxo‘jayev - 1930-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini bitirgan. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, oliy toifali sog‘liqni saqlash xodimi, “Sog‘liqni saqlash aʼlochisi”, Parijdagi Xalqaro muzeylar qo‘mitasi aʼzosi, «Hamshira» jurnalining tashabbuskori. Katta tashkilotchilik, jurnalistik va lug‘atshunoslik tajribasiga ega. Badiiy suxandon. 20 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop, tibbiy kitoblar: “Salomatlik va navqironlikka yo‘l”, “Shamollashning beozor davolari”, “Befarzandlik, jinsiy ojizlikda turkona davolar”, “Yurak malhamlari”, “Ming dardga davo”, «Uzbekskiy dastarxan», “Ruhiyatni sog‘lomlashtirish usullari”, “Ko‘ngil halovati”, “Musiqiy muolaja”, “O‘z daraxtingizni bilasizmi?”, “Eng yaxshi davo” hamda tibbiyotga oid qator ruscha-lotincha va o‘zbekcha etimologik, izohli, ensiklopedik lug‘atlar va “O‘zbek xalq tabobati izohli lug‘ati”, 6 ta ixtiro, shuningdek, 500 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi...

Usmonxo‘jaev T.S.

 

T.S. Usmonxo'jaev - pedagogika fanlari doktori, professor, I darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni sohibi.

Usmonov B.Sh.

 

Usmonov Botir Shukurillaevich 1968-yil 24 martda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993-yil Qozon davlat texnika universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1999-yil Andra universiteti (Hindiston) Koinot yo‘ldoshlari texnologiyalari magistri, 2001-yil Gamburg- Xarburg texnika universiteti (Germaniya)ning Mexatronika mutaxassiligi bo‘yicha magistri, texnika fanlari nomzod, pedagogika fanlari doktori, professor. Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida 3 ta monografiya, o‘quv qo‘llanma, ilmiy-uslubiy qo‘llanma va qator risolalar, Respublika va xorij jurnallarida 150 dan ortiq ilmiy maqolalar va turli ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida ilmiy maqola va tezislari chop ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2 ta ixtiro va foydali model patentlari muallifi.