Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Suyundikov
Kafolatlangan muvaffaqiyat instituti asoschisi, 20 yillik tajribaga ega xalqaro toifadagi: psixolog, biznes konsultant, biznes trener, kouch. “Статус Истины”, “Parvoz”, “Biznes tashkil qilish yoki STARTUP” kitoblarning muallifi...
22 faevral 1948 yil
9 mart 2020 yil
Atoqli shoir, madaniyat va jamoat arbobi Azim Suyun (Suyunov Azimbay Alimovich) 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilk she’riy mashqlari, maqolalari o‘quvchilik kezlaridayoq yoritila boshladi. Birinchi kitobi «Mening osmonim» (1978) o‘ttiz yoshida dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng shoirning «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo yo‘li» (1986), «Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim — suyganim» (1992), «Sarbadorlar» (1994), «Qora ko‘zing sening» (1994), «Saylanma» (1997), «O‘zlik» (1999), «Sharq xikmati» (2000), «Ey do‘st» — she’riy qayirmalar (2005), «Vatan fasllari» (2007), «Muhabbat hayratlari» (2009), «Andiz o‘sgan erlarda» (2012), «Ey do‘st» — nasriy qayirmalar (2014), «Navoiydan topdim» (2015), kitoblari nashr etildi. Azim Suyun haqso‘z jurnalist-publisist sifatida ham tanilgandi. 1990-1993 yillarda «Xalq so‘zi» gazetasida bo‘lim muharriri, 1993-2002 yillar «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalarida Bosh muharrir, 2002 yilning fevral oyidan 2013 yilgacha «Guliston» jurnali Bosh muharriri lavozimlarida ishladi. Azim Suyun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlagan. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangandi.