Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Sodiqov H.J.

 

Содиқов Ҳамдам Жўраевич 1943 йил 23 декабрда Тошкентда хизматчи оиласида туғилган. 1961 йилда Маннон Уйғур номидаги 22 ўрта мактабни тамомлаган. 1961 – 1962 йилларда Тошкент тўқимачилик комбинатида меҳнат фаолиятини бошлаган. Тошкент Давлат университети филология факультети журналистика бўлимида кечки курсда, сўнг 1962 – 1966 йилларда кундузги бўлимда ўқиган. 1966 – 1967 йилларда Москва харбий округида муддатли ҳарбий хизматни ўтаган. Заҳирадаги офицерлар курсини битирган. 1968 – 1970 йилларда республика ёшлар газетасида адабий ходим, бўлим бошлиғи лавозимларида ишлаган. 1970 – 1973 йилларда Ўзбекистон Фанлар Академиясининг Ўзбекистон халқлари тарихи музейи аспирантурасида ўқиган. 1973 йилда “Туркистон генерал – губернаторлиги сиёсий-маъмурий тузуми” мавзуида тарих фанлари номзоди илмий даражаси учун дисертация ёқлаган. 1973 йилдан 1985 йилга қадар Ўзбекистон халқлари тарих музейида илмий ходим, сўнг бўлим мудири лавозимларида ишлаган. 1985 – 1996 йилларда Тошкент темир йўл транспорти мухандислари институтида доцент лавозимида ишлаган. 1996 йилда Ўзбекистон Республикаси Президенти хузуридаги Давлат ва жамият қурилиши Академияси қошидаги Ўзбекистоннинг Янги тарихи маркази директори вазифасига тайинланган. Унинг раҳбарлигида Ўзбекистоннинг янги тарихи уч жилдлик китоблар тайёрланди ва 2000 йилда нашр этилди. Ҳ. Ж. Содиқов 1994 йилда “Чоризмнинг Туркистондаги мустамлакачилик сиёсати ва истиқлол учун кураш” мавзуида тарих фанлари доктори илмий даражаси учун диссертация ёқлаган. 1996 йилда Ўзбекистон Республикаси Президенти хузуридаги Давлат ва жамият қурилиши Академияси Бирлашган Ихтисослашган Кенгаш аъзолигига сайланган... У тарихимизда ёрқин из қолдирган миллат қаҳрамонлари фаолиятини матбуотда биринч марта ёритган тадқиқотчилардан ҳисобланади. (Намоз Пиримқулов, Қурбонжон додҳоҳ, Муҳаммад Али Эшон фаолиятини “Гулистон” журналида ёритган.) “Посбон” (1988 й.), “Султон Жалолиддин Мангуберди” (1998 й.) ва бошқа қиссаларининг муаллифи. “Аср тенгдоши”, “Туркистон чоризм мустамлакачилиги даврида” ва яна бир қатор, “Коинот нигоҳидаги аллома”, “Амир Темур ҳаётидаги ғаройиботлар”, “Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати”, “Ўзбекистон тарихи” (ҳаммуаллиф) китоблари нашир қилинган...

Sodiqov Mahmudjon

 

Sodiqov Mahmudjon, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Tarix fanlari nomzodi, professor. O‘zbekiston Respublikasi o‘n yilligi nishondori. Halk ta’limi a’lochisi. Turon akademiyasi akademigi. Ustoz qalamiga mansub “Oltiariq tarixi”, “Toshkent tarixi”, “Erksevar, hurriyatparvar el vorislarimiz”, “Mustaqillik - oliy ne’mat”, “O‘zbek jang san’ati tarixidan lavhalar” singari ilmiy va ilmiy-ommabop asarlarni, hamda “Go‘zallik fazilatlari”, “Umr sarhadlari”, “Dil hikmatlari”, “Ko‘ngil armug‘oni”, “Dil navolari”, “Ezgulikka intil, odamzod” nomli she’riy va nasriy to‘plamlarini takidlash o‘rinlidir. Ustoz uzoq yillar davomida Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida, so‘ngra esa Toshkent Moliya institutida faoliyat yuritib, bo‘lg‘usi iqtisodchi kadrlarni ma’naviy barkamol mutaxasislar etib tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Sodiq Faxriddin

Tugildi:

25 sentyabr 1971 yil

 

Faxriddin Sodiq (Abduraximov Faxriddin Sodiqovich), 1971 yil 25 (1) sentyabrda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan.O‘zMU falsafa fakultetini tamomlagan.Nashrdan chiqqan kitoblari: “Qaytmagan bahor” 1997 yil, “Taraddud” 2005 yil, “Qaltis qadam” 2010 yil.“Qarz” deb nomlangan yangi kitobi nashrdan chiqish arafasida.“Falakning gardishi” nomli romani navbatdagi nashr rejasida.Shuningdek, bu nashrdan “Tiriklikdagi tiriklar” va “Foiz” qissalari ham o‘rin oladi.Robert T. Kiosaki, Sharon Lechterlarning “Badavlat ota, kambag‘al ota” turkumidagi bestsellerining ilk kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, bu tarjima “Muvaffaqiyat formulasi” degan nom bilan bir yildan oshiq vaqt mobaynida «Parvona» gazetasida, “Inson va pul” ruknida chop etib borilgan.Uning asarlari respublikamizning deyarli barcha ko‘zga ko‘ringan nashr – gazeta va jurnallarida keng o‘quvchilar ommasiga havola qilib kelinmoqda.Faxriddin Sodiq:“Atrofdagilarni, odamlarni yaxshi ko‘rish kerak, shunda o‘zimizga nisbatan hayrihoh nazarlarni ko‘ramiz, his qilamiz. Buni hammamiz bilamiz. Yana bilamizki... Hammani birdek yaxshi ko‘rish mumkin emas, bu muhim ham emas. Lekin ya x sh i k o‘ r i sh ning o‘zi muhim, bu – hayotiy zarurat! Hayotiy zarurat bo‘lgan shu tuyg‘uni va shu tuyg‘uga munosib Insonni qadrlashni unutmang! Aynan shu qadr (vaqti kelib) sizni qadrlashlari uchun birdan-bir mezon bo‘lib chiqadi. ...Sukunatni tinglasangiz Vaqt shunday deydi. Buni men aytganim yo‘q.”

Sobirov Hikmat

 

Iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi HIKMAT SOBIROV 1923 yilning 29 aprelida Toshkent shahrida ziyolidar oilasida tavallud topgan. 1949 yil “Turkiston avtonom respublikasi davlat byudjeti” mavzusidagi ilmiy ishi uchun iqtisod fanlari nomzodi, 1968 yil “O‘zbekiston Respublikasi umumdavlat moliyasi tarixidan” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 1970 yil unga professor unvoni berilgan.Iqtisodchi-kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari uchun olimga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” yuksak unvoni ,”Xalqlar do‘stligi” ordeni, 1998 yil Toshkent moliya instituti “Faxriy professori” unvoni berilgan, 2000 yilda esa olim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mukofotiga sazovor bo‘lgan. HIKMAT SOBIROV ilmiy, pedagogik va jamoat ishlarida 50 yildan ortiq oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritish, talabalar va aspiranlarga ilm berish, 5 nafar fan nomzodi, 2 nafar fan doktori etishtirish, 400 ga yaqin ilmiy asarlar, risolalar, maqolalar, darsliklar va monografiyalar chop ettirish bilan birga, buyuk mutafakkirlarning iqtisod va moliya sohasidagi fikrlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Bu ilmiy izlanishlar orasida o‘zbek va rus tillarida chop etilgan “O‘zbekiston davlat moliyasi tarixi” darsligi, Moskvada chop etilgan “Vsemirnaya istoriya ekonomicheskoy misli» kitobning birinchi jildida (1986 y) “O‘rta Osiyo olimlarining iqtisodiy qarashlari”asari, Fransiyaning YuNESKO tashkiloti tomonidan o‘zbek ,rus,ingliz va fransuz tillarida chop etilgan “Amir Temur jaxon tarixida “(1996 yil, Parij) to‘plamida o‘z aksini topgan “Amir Temur davlatining iqtisodiy rivojlanishi va savdo aloqalari “ , ”Sug‘urta -100 savolga javob” nomli ilmiy va ilmiy- ommabop asarlari va olimning farzandlari tomonidan Hikmat Sobirov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Ibratli umr yo‘llari “ kitobi kitobxonlar diqqatga sazovordir.