Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Sobirov Ulug'bek

 

Ulug‘bek Sobirov 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini muxandis- iqtisodchi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan . 1990 yilda O‘rta Osiyo qishloq xujaligi ilmiy tadqiqot institutida iqtisod fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.1990 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi mukofoti sovrindori bo‘lgan. 1990 -1993 yy Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dosenti. 1993-2000 yy Respublika bank tizimida etakchi mutaxassisdan Boshqaruv raisigacha bulgan lavozimlarda ishlagan. 2001-2013 yy Tashqi iqtisodiy aloqalar,investisiyalar va savdo vazirligi tizimidagi yirik Davlat tashqi savdo kompaniyasida bo‘lim boshlig‘idan to Boshqaruv raisining iqtisod bo‘yicha muovini lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2014 yildan hozirgi vaqtgacha Respublikamizning sug‘urta tizimidagi yirik sug‘urta kompaniyasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. AKSh, Evropa va Osiyo mamlakatlarining nufuzli moliya institutlarida bank va moliya menedjmenti,savdo operasiyalarini moliyalashtirish,loyixalarni moliyalashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan va bir necha bor xizmat safarlarida bo‘lgan. Oilali.Uch farzandi va olti nabirasi bor.

Soatov Furqat

 

Furkat Soatov Rahimnazarovich 1988-yil tug‘ilgan. Tarjima asarlari: Hikoyalar: • “Es wird bald regnen” • “12.30” • “Sommerspaziergang” • “ Drei Wörter” • “Herbsttag” • “Erinnerung” • “Jugend” • “Auflösung” • “Die tiefe Stelle’’ • “Erde Frosch’’ Qalamiga mansub nemis tilidagi hikoyalari: 1. “Geheimnisse, Qualen” (in dem Buch “Reise ins ich”), 2009, iyun. 2. “Geld bringt kein Glück” (in dem Buch “Kleine Kriminalgeschichte”). 2010-yil, may 3. “Konjunktiv” Essay (in Vitamin.de, in BRD) 2010-yil, iyun. Kitoblar: 1. “Umidsiz uy” 2010-yil may; 2. “Azaliy ishq”, roman (hammualliflikda) 2013-yil, Nihol nashriyoti; 3. “Dunyo mamlakatlari” ilmiy-ommabob asar, 2017-yil, Nihol nashriyoti; 4. “Sayr sayqali” (hammualliflikda) 2018-yil, Akadem nashr nashriyoti. 5. “Deutsch für Ökonomik- und Finanz studierende”. o‘quv qo‘llanma.

Soat Mo'min (Jumayev)

 

Soat Mo‘min Jumaev, publisist va shoir. “Mohiyat”, “Sog‘lom avlod” gazetalarida faoliyat olib bormoqda. “Ena yurt”, “Ta’lim fidoyilari”, “Surxon malikalari”, “Qalbi daryo odamlar” va “Vaxshivor ertiklarida” kitoblari muallifi.

So'fiy Xakim

 

Hakim So‘fiy (Hakimjon So‘fiev) - So‘xning taniqli farzandlaridan biri. U uzok yillar davomida turli sohalarda - tuman tashkilotlarining oddiy ishchi- sidan boshlab rahbarlik lavozimlarigacha faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, yo‘l bo‘limi ishchisi, makgab o‘qituvchisi, yoshlar etakchisi, tuman hokimi o‘rinbosari, davlat xo‘jaligi direktori, jamoa xo‘jaligi raisi, mehnat bo‘limi boshlig‘i, tuman xalk talim bo‘limi mudiri, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi kabi vazifalarda ishlab xalq hurmatini kozongan. Ko‘pllab mukofotlar, faxriy yorliqlar, medallar bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi. Xalkaro «Anfigue WORLD» ilmiy Akademiyasi laureati va faxriy dosenti.