Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Shomahmudova Risqinisso

 

1968 yili Moskva davlat pedagogika institutining defektologiya fakultetini tugatgach, ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tizimidagi maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelgan. U 1989-2009 yillar mobaynida respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatishi davomida imkoniyati cheklangan bolalarning uzliksiz ta’limi tizimi bo‘yicha dastur, darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish va me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqishda samarali xissa qo‘shib kelgan. R. Shomahmudova O‘zbekistonda innovasion ta’lim, ya’ni inklyuziv ta’lim g‘oyasini joriy qilish, muttaxasislar ishtirokida konsepsiya va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, inklyuziv ta’limni amaliyotga tadbiq qilish maqsadida xalqaro tashkilotlarning loyihalarida faol ishtirok etib, ko‘plab ijobiy yutuqlarga erishgan. Imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy, texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida chet-el invistisiyalarini jalb qilishda ham o‘z hissasini qo‘shgan. U hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining defektologiya fakultetida magistr talabalarga ixtisoslik va inklyuziv ta’lim fanidan saboq berib kelmoqda. 1994 yili «Halq ta’limi a’lochisi» medali, 2001 yili "Do‘stlik" Davlat ordeni bilan taqdirlangan.

Shohismoil Fayzi

Tugildi:

10 noyabr 1938 yil

 

FAYZI SHOHISMOIL (1938-2015) Fayzi SHOHISMOIL 1938 yil 10 noyabrda Gurjistonning Axisxa tumanining Minadze qishlog‘ida tug‘ilgan. Bolaligi Samarqand viloyati Mitan (hozirgi Ishtixon) tumanida o‘tdi. So‘ngra Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida o‘sib ulg‘aydi. 1958-1961 yillar harbiy xizmatda bo‘ldi. 1961-1966 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Ilk bor jurnalistik faoliyatini Universitet gazetasida boshlab, so‘ngra “Tong yulduzi” gazetasida muxbir, adabiy xodim vazifalarida davom ettirdi, keyinchalik “O‘zbekiston ovozi” gazetasida xalqaro bo‘lim boshlig‘i, masʼul kotib lavozimlarida ishladi. 1976-1978 yillarda Moskvadagi Jamoat fanlari akademiyasida malakasini oshirdi. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Vatandosh” radiostansiyasida bo‘lim mudiri, bosh muharrir, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Shu davrda ijtimoiy-siyosiy mavzuda yuzlab ko‘rsatuvlar, siyosiy sharhlar tayyorladi. Bolalar shoiri, xalqaro sharhlovchi, tarjimon sifatida tanildi. «Adashboy», «Irmoqlar», “Cho‘qqi bilan suhbat”, “Bizning olam”, “Yig‘loqi bulut”, “Bahor qo‘shiqlari” sheʼriy to‘plamlari chop etilgan. Bolalar va kattalar uchun o‘ndan ortiq sheʼr va g‘azallariga Sharif Ramazonov, Botir Umidjonov, Qahramon Komilov va Avaz Mansurov kabi taniqli bastakorlar kuylar bastalashgan. Kamoliddin Rahimov, Nuriddin Haydarov, Xursand Sherov, Malohat Dadaboyeva, G‘iyos Boytoyev va boshqa sanʼatkorlar uning ijod namunalarini jo‘shib kuylashgan. Fayzi SHOHISMOIL qardosh xalqlar va jahon adabiyotining sara asarlari Yusuf Vazir Chamanzaminlining “Ikki o‘t orasida”, Jubron Xalilning “Qayrilgan qanotlar”, Toriq Bug‘raning “Usmon G‘ozixon”, Bagrat Shinkubaning “Ketganlarning so‘ngisi”, Yasunari Kavabatoning “Go‘zallikning kashf etilishi”, Gulshan Aliyeva-Kangarlining “Fuzuliyshunoslik tarixi va nazariyasi”,Aziz Nesin, Nabi Xazri, Madina Gulgun, Marvarid Dilbozi, Chingiz Ali o‘g‘li, J.Cheyz, S.Davlatov, V.Zolotuxa, A.Barikko, kabi mualliflarning roman, sheʼr, adabiy maqola, hamda qissalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (2004yil). 1997 yildan umrining so‘nggi 2015 yilgacha “Jahon adabiyoti” jurnalida masʼul kotib lavozimida mehnat qildi.