Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Yunusova Zulfiya

Tugildi:

4 mart 1961 yil

 

Zulfiya Yunusova 1961 yil 4 martda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Rajabgardi qishlog‘ila tug‘ilgan Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamentining «Vatanparvar» Birlashgan tahririyatida faoliyat yuritmoqda. Zulfiya Yunusova o‘zbek harbiy jurnalistikasida ijod qilayotgan birinchi o‘zbek ayoli. «Shuhrat» medali bilan takdirlangan. Ijodkorning bir qator she’rlari va hikoyalar to‘plamlari chop etilgan.

Yunusov Ahrorjon

Tugildi:

17 sentyabr 1984 yil

 

Yunusov Ahrorjon Aminjonovich, 1984 yil 17 sentyabrda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yil Farg‘ona Davlat universitetining Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi tarix mutaxasissligini tamomlagan. 2019 yildan 2021 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona Temurbeklar maktabi harbiy akademik liseyida tarix fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yildan to hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida tarix fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelyapti.

Yunusov Timur

 

Timur Yunusovich Yunusov, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan energetik, iqtisod fanlari nomzodi. 1967 yildan “O‘zbekenergota’mir” OAJ direktori lavozimida ishlab kelgan. T.Yu.Yunusov – Markaziy Osiyodagi energota’mir ishlab chiqarishining tashkil topishi va rivojlanishiga asos soluvchilardan biri hisoblanadi. T.Yu.Yunusovning 50dan ziyod ilmiy ishlari va maqolalarida industrial-zavod sharoitidagi ta’mir ishlarida yangi texnologiyalarni tadbiq etish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish va elektr energiyasini nazorat qilish va hisobini olishni zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini yaratish muammolari yoritilgan. Oxirigi yillarda chiqarilgan bir necha kitob va maqolalari alohida katta ahamiyatga egadir: “Dizeldan intellektual elektr tizimi sari”, “Struktura remontnogo obslujivaniya energosistemi Uzbekistana. Analiz problem i perspektiva razvitiya”, “Modernizasiya sistemi ucheta elektroenergii – osnova povisheniya energoeffektivnosti”, “Razvitie intellektualnoy energetiki v Uzbekistane”, “O roli vozobnovlyaemix istochnikov energii v strategii sovershenstvovaniya energetiki Uzbekistana” va boshqalar. Ularda murakkab jarayonlar va hodisalar sodda va tushunarli tilda yozilgan.

Yunusov Ravshan

 

Равшан Юнусов – мусиқашунос, Ўзбекистон Республикаси санъат арбоби, санъатшунослик фанлари номзоди, профессор. Илмий ишлари ўзбек мусиқаси тарихи, мумтоз мусиқа мероси, хусусан, Шарқ халқлари мақомларини қиёсий ўрганишга, ҳозирги замон миллий бастакорлик, анъанавий ижрочилик, мусиқа таълими масалаларига бағишланган. Монография, дарслик ва ўқув қўлланмалар, илмий-тадқиқий ва маърифий мақолалар муаллифи. Ўзбекистон давлат консерваториясида мусиқий шарқшуносликка оид фанларни олиб боради...

Yunusov Qobiljon

 

Qobiljon Yunusov Toshkent shahridagi Vestminster Halkaro Universitetida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi. 2003 yilda sobiq Andijon Muhandislik-Iqtisodiyot Institutida iqtisod-menedjment bo‘yicha bakalavr diplomiga, 2007 yilda esa Buyuk Britaniyadagi London Metropoliten Universitetida biznes-marketing yo‘nalishida magistr diplomiga erishgan. Buyuk Britaniyada tana tili va noverbal muloqot bo‘yicha ko‘plab trening va seminarlarda ishtirok etgan...

Yuldashev Akramjon

 

1960- yilda Andijon viloyatida tug'ilgan. 1983- yilda Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetini bitirgan. 1989- yilda biologiya fanlari nomzodi, 2001- yilda biologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirda O'zR FA "Botanika" IICHMning Geobotanika laboratoriyasining mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shu bilan bir vaqtda O'zbekiston Milliy universitetida va Samarqand davlat universitetida dars beradi. Botanika, fitotsenologiya, resursshunoslik ilmiy yo'nalishlarida 120 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan. Shu jumladan, universitet talabalari uchun 2 nomdagi darslik va 10 dan ortiq nomdagi o'quv qo'llanma, 2 nomdagi monografiyaning muallifidir.

<< <    5 6 7 8 9 10 11    > >>