Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Ravshanova Gulora

 

Qarshi Davlat universteti O'zbekiston tarixi kafedrasining katta o'qituvchisi. Yaaqin kechmishga doir maqolalari e'lon qilingan.

Ravshanov Poyon

 

Tarixnavis va adabiyotshunos olim. "Qashqadaryo tarixi", "Qarshi tarixi", "Tarix badiiyati" singari bir qancha asarlar muallifi.

Ravshanov Olim

 

Olim Ravshanov – 1971 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining filologiya va iqtisodiyot fakultetlarini imtiyozli diplomlarda tamomlagan. Mumtoz adabiyot, Qarshi va Shahrisabz o‘tmish adabiy hayotiga doir izlanishlar ham olib boradi. Ko‘pgina maqolalar bilan bir qatorda arabiy imlodan tabdil etilgan «Axloq risolasi» 1992, «Turkiy Yusuf va Zulayho» 1995, «Hofiz Ro‘ziboy Mashrab» (hammualliflikda) 1997, «Shoir Mahzun Shahrisabziy» 2002, «E’tirof» 2004 singari kitoblari nashr etilgan.

Raupov Rajabboy

Tugildi:

21 mart 1955 yil

 

Rajabboy Raupov 1955 yil 21 mart kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida hamda M. Gorkiy nomidagi Moskva adabiyot instituti Oliy kursida tahsil olgan. Uning “Ona so‘z”, “Nur darvozasi”, “Ostona”, “Osmonning egasi”, “Yurakdagi Buxoro” kabi qissa va hikoyalari, mashhur geolog, akademik Habib Abdullaev haqidagi “Ustun” romani kitobxonlarga chxshi tanish.

Rauf Sirojiddin

 

Sirojiddin Rauf 1967 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan. O‘zMU jurnalistika fakultetini (1992 yil), Toshkent davlat yuridik institutini (2002 yil) bitirgan. “Yig‘layotgan oy” (1994 yil), “Ko‘k gumbaz” (2002 yil), “Siz menga keraksiz” (2010 yil) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Rasulova Mohinur

 

Mohinur Rasulova – Horazm viloyati, Hazorasp tumanidagi 27-maktab o‘quvchisi.