Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Rahmonberdi qizi Ra'no

Tugildi:

3 faevral 1949 yil

 

Respublika jurnalistlar va yozuvchilar ijodiy uyushmasi a’zosi Raxmonova Ra’no (Ra’no Rahmonberdi qizi), 1949 yil 3 fevralda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani, Sho‘raxon qishlog‘ida ziyoli oilasida tavallud topgan. 1966 yilda To‘rtko‘l tumanidagi 1-son Pushkin nomli o‘rta maktabning 11-sinfini bitirib, tuman gazetasida musahhiha bo‘lib ishlash bilan birga 1967-73 yillarda ToshDU (O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini sirtdan tugatgan. 1985 yilgacha tuman gazetasida musahhiha, adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, 1985-95 yillarda Respublika xotin-qizlar jurnali “Saodat” tahririyatida katta muharrir, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sihat salomatlik” jurnalida mas’ul kotib, 1995-1999 yillarda O‘zbekiston davlat matbuot qo‘mitasida etakchi mutaxassis, 2001 yildan O‘zR VM huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada 1- toifali mutaxassis, 2004-2006 yillarda O‘zbekiston Hotin-qizlar qo‘mitasida diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida xizmat qilgan. Uning ijodidan namunalar sifatida publisistika, nazm va nasr janrlarida yozilgan “Tola nur” -1994, “Kechir ona-ER” -1995, “Tirilish” -1999, “Ruh manzaralari” -2003 nomli kitoblari Ra’no Rahmon qizi taxallusi bilan, “Iqror” nomli she’rlar va hikoyalar to‘plami 2009 yilda Ra’no Rahmonberdi qizi imzosi bilan nashr etilgan.

Rahmon Qurbon

 

Qurbon Rahmonov 1941 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 1965 yili Qarshi davlat pedagogika institutining Boshlang‘ich ta’lim, 1975 yili Termiz davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarini tamomlagan.

Rahmon Shavkat

Tugildi:

12 sentyabr 1950 yil

Vafot etdi:

2 oktyabr 1996 yil

 

Shavkat RAHMON 1950 yilning 12 sentyabrida O‘shda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Uning ilk she’riy to‘plami «Rangin lahzalar» nomi bilan 1978 yilda e’lon qilingan. Shundan keyin «Yurak qirralari», «Ochiq kunlar», «Gullayotgan tosh», «Hulvo», «Saylanma» kabi she’riy majmualari nashr etilgan. Shoir to‘plamdan to‘plamga o‘sib borarkan, so‘zning badiiy imkoniyatlarini kengaytirishga intildi. Ayni paytda fikr va tuyg‘uning botiniy harakatini ifodalash usul va vositalarini topish maqsadida kutilmagan majoziy obrazlardan, qiyoslardan foydalandi. Shuningdek, barmoq vaznining an’anaviy o‘lchamlarini buzib, ritm va ohangga erkin munosabatda bo‘lgan holda she’rlariga samimiy tuyg‘ular va jangovar ruh singdirishga harakat qildi. Sh. Rahmonning betakror ispan shoiri F. Lorkadan qilgan tarjimalari «Saylanma» holida nashr qilingan. Shoir 1996 yil 2 oktyabrda og‘ir xastalikdan so‘ng Toshkentda vafot etgan.

Rahmon Iskandar

Tugildi:

20 oktyabr 1937 yil

 

Iskandar Rahmon 1937 yil 20 oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1955 yili Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Obliq qishlog‘ida o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti (hozirgi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi) ning davolash fakultetida tahsil ko‘rdi, 1961-1987 yillarda Qurolli Kuchlar safida harbiy shifokor bo‘lib xizmat qildi. Dastlabki adabiy saboqlarni O‘zbekiston xalq shoiri Domla G‘ayratiy, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov, taniqli adiblardan Habib No‘’mon, Saida Zunnunova, Nosir Fozilovlardan oldi. Keyinchalik O‘zbekiston xalq shoirlari: Po‘lat Mo‘min, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Yusuf, Anvar Obidjon, Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nazarmat bilan yaqin ijodiy hamkorlikda ishladi, o‘zi sevgan va ixlos qo‘ygan kasbi-koriga sadoqatini oqladi, el-yurt duosini oldi, martabasiga martaba qo‘shildi. Uning harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi yigirmadan ziyod nasriy, nazmiy to‘plamlari - «Mehribonlar», «Darding bilan yashayman, dunyo!», «O‘zbekistonlik shifokorlar urush yillarida», «Olovli guldasta», «Oq libosli haloskorlar», «Harbiy shifokor xazinasi», «Ismi ''Q'' harfli qarindosh», «Asolat yulduzi», «Umr zarvaraqlari», «Shonli yo‘l saboqlari», «Nasaflik Do‘xtirbobo» kabi hujjatli qissalar, hikoyalar, ocherklar chop etilgan. Shuningdek, «Yo‘llardagi gullar», «O‘zbekiston askarlarimiz!», «Mard mehri-Vatan mehri», «Jonim fido Vatanga!», «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!», «Bayotlarim-qanotlarim», «Asra bolam o‘zingni!», «Bolajonim, hushyor bo‘l!», «Harbiycha alifbo», «Vatanga qasamyod» nomli to‘plamlari she’riyat muxlislari tomonidan iliq kutib olingan. Iste’fodagi tibbiy xizmat podpolkovnigi, Qurolli Kuchlar fahriysi, Sog‘liqni saqlash a’lochisi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.