Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Rahimov Qadamboy

Tugildi:

1 iyun 1948 yil

 

Rahimov Qadamboy 1948 yil 1 iyun kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilgan. 1971 yil Toshkent davlat pedagogika institutining musiqa- pedagogika fakultetini bitkazgan. 1986 yil Ogahiy nomidagi viloyat musqali drama va komediya teatrining bosh dirijyori lavozimiga o‘tkazilgan. Bu ijodiy jamoada Q. Rahimov teatr repertuaridagi barcha musiqiy spektakllarga (shu jumladan, "Layli va Majnun", "Paranji sirlari", "Oshiq G‘arib va Shohsanam" va boshqa) dirijyorlik qilish bilan birga o‘zi ham, E. Samandar, Hayitmat Rasul, Komil Avaz kabi dramaturglarning musiqali spektakllariga musiqalar bastalagan. 1990 yilda O‘zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasiga a’zo qilib, qabul qilingan. Q. Rahimov 1991 yil "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi" faxriy Unvoni bilan taqdirlangan.

Rahimov Farhod

Tugildi:

26 sentyabr 1966 yil

 

Rahimov Farhod Xushboqovich – 1966-yil Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1983-yilda o‘rta maktabni tugatib, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o‘qishga kirgan va uni 1990-yil imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “To‘qima-trikotaj texnologiyasi va loyihalash” kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan, kafedra mudiri, dotsent. Pedagogik faoliyat bilan birga 2011-yildan 2017-yilgacha institut “Innovatsiya va integratsiya ilmiy tadqiqotlar markazi”da katta ilmiy xodim, direktor v/b, direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida ishlagan. Texnika fanlari nomzodi (1999), dotsent (2004) va texnika fanlari doktori (2015). 2017-2020-yillarda o‘rindoshlik asosida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida, 2021-yildan Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori. DITD doirasida xorijiy, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarda rahbar va ijrochi bo‘lgan. 2 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 20 dan ortiq magistr va qator bakalavrlar bitiruv malaka ishlariga rahbarlik qilgan. Asosiy ish faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi (2017-2018), O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (2018-2019), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida bo‘lim boshlig‘i, loyiha ofisi direktori, boshqarma boshlig‘i (2019 yildan hozirga qadar). Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida 3 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, qator ilmiy-uslubiy qo‘llanma va ilmiy risolalar, Respublika va xorijiy jurnallarda texnik trikotaj, kompozitsion materiallar, integratsiya, innovatsiya, inson kapitali va klasterlashtirishga oid 70 dan ortiq ilmiy maqolalar va turli ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida 130 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. O‘zbekiston Respublikasining 14 ta ixtiro va foydali model patentlari muallifi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi mukofoti laureati (1993 y.), “Kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi” (2004 y.), O‘zbekiston Respublikasi “Eng yaxshi o‘quv-qo‘llanma” nominatsiyasi sovrindori (2005 y.), O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “Yangi intellect - 2017” tanlovining “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi sovrindori. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashi, ekspert-tahlil guruhi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi “Kimyo va farmatsevtika” yo‘nalishi eksperti (2015 yildan).

Rahimov Abdujalol

 

Abdujalol Rahimov 1953 yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan. 1980 yilda ToshDUning (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2010 yilda "Hikoyalar", 2011 yilda "Lomakon", ... "Mugat folbin" kabi asarlari chop etilgan...

Rahimov Abduqahhor

 

Rahimov Abduqahhor Abdusattorovich 1983 yil 24 fevralda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2000 yilda Marg‘ilon shahridagi “Istiqbol” gimnaziyasini, 2005 yilda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Halqaro huquq fakultetini tamomlagan. Halqaro huquq bakalavri. 2007-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Moliya magistri” ilmiy darajasini olgan. Ayni paytda “Alfa-Invest” sug‘urta kompaniyasida Bosh huquqshunos lavozimida ishlab kelmoqda.

Rahim Rauf

 

(Abdurauf Rahimqulov) 1944 yili Baxmal tumanining Oqqurg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. 1972 yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tugatib, dastlabki ish faoliyatini “O‘zbekiston” nashriyotida muharrirlikdan boshladi. Uzoq yillar Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, Paxtaobod qo‘rg‘onida yashab, ijod qildi. Tuman gazetasida bosh muharrir, markaziy gazetalarning viloyat muxbiri vazifalarida ishladi. Bugungi kunda u “Guliston” jurnali tahririyatida bo‘lim muharriri vazifasida faoliyat yuritmoqda. A. Rahimqulovning “Parvoz”, “Cho‘lquvarlar dostoni” ocherk kitoblari va ma’naviy qadriyatlarimiz haqidagi qator publisistik maqolalari chop etilgan.

Rahim Hushboq

Tugildi:

15 oktyabr 1940 yil

 

Xushboq Rahim 1940-yil 15-oktyabrda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining eski Oqtumshuq qishloq sho‘rosiga qarashli Kultepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 1948-1959-yillarda qishloqdagi M.V.Lomonosov nomli 10-son o‘rta maktabda o‘qigan. 1959-yili Buxoro Davlat pedagogika instituti “Fizika-matematika” fakulteti talabasi bo‘lgan. 1964-yil 30-iyulda shu institut, shu fakultetini “Matematika va chizmachilik” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. 1964-yilda g‘ijduvonlik “Tarix filologiya” fakulteti bitiruvchisi Maxmuda Shirinovaga o‘ylangan. G‘ijduvon markazidagi Mirzo Ulug‘bek nomli maktab o‘quvchilariga matematikadan saboq berish bilan bir qatorda, sheʼriyatga qiziquvchi yosh qalamkashlar to‘garagiga rahbarlik qilgan. 1968-1990-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti “Filosofiya” kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 1983-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan. 1991-yildan mustaqillik sharofati bilan Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti uchta institutga ajratiladi. Xushboq Rahim Toshkent Arxitektura va qurilish institutida qoladi. 2000-yil 15-oktyabrdan nafaqaga chiqqan bo‘lsa-da, 2002-2011-yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetida “Milliy g‘oya va maʼnaviyat” kafedrasida ishlagan. U dastlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-Pilla ko‘chasi 209 uyda, hozirda esa Bektemir tumanining “Abay” MFY Muxtor Avezov ko‘chasi 21 “b” uyda yashaydi. Yetti nafar oliy maʼlumotli o‘g‘il-qizning otasi, yigirmadan ortiq nevara va chevaralarning bobosi. 2000-yil O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Ijodkor o‘qituvchi” ko‘krak nishini bilan, 2022-yil “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Turon fanlar akademiyasi faxriy Akademigi (2023 yil).

Rafiyev Hamroqul

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Rafiyev Hamroqul Tolibovich

 

Hamroqul Rafiyev 1939-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi, professor. Yengil atletika bo‘yicha milliy toifadagi hakam. Bir qator o‘quv qo‘llanma, risola va 150 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. O‘zbekiston Xalq maorifi aʼlochisi.