Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Yuldashev Serobjon

Tugildi:

16 faevral 1985 yil

 

1985 yil 16 fevral kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi ishchilar oilasida tavallud topgan. 2003-2007 yillarda Farg‘ona davlat universitetini "Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari" mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli ravishda bakalavr tugatgan. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining "Ma’naviyat asoslari" mutaxasisligi bo‘yicha magistratura darajasini olgan. Mehnat faoliyati davomida "Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi" kafedrasi hamda "Fuqarolik jamiyati" kafedrasida o‘qituvchi va mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat olib bormoqda. "Jamiyatni ilmiy boshqarishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning o‘rni" mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya ustida ilmiy-amaliy izlanishlar olib bormoqda. Muallif tomonidan jami 50 ga yaqin, shu jumladan: 4 ta o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, xorijda (AQSh, Germaniya, Rossiya kabi davlatlarda) 4 ta, ilmiy jurnallarda 6 ta, Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari va ilmiy-amaliy to‘plamlarda 30 dan ortiq tezis va maqolalari nashr qilingan.

Yuldashev A.G.

 

Yuldashev Akmal Gulamjanovich

Yuldashev Hasan

 

Yuldashev Hasan, 1948 yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. 1966 yilda 1– o‘rta maktabni bitirib Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. Pedagogik faoliyatini Zomin tumanidagi 16 – o‘rta maktabda rus tili o‘qituvchisi vazifasida boshlagan. Keyinchalik 1974 – 1982 yillarda 1 – maktabda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri, direktorning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va direktor vazifasida ishlagan. Uning ish tajribasi viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilgan. Halq ta’limini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “Halq ta’limi a’lochisi” yubiley mustaqillik medali, 1 darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Yo‘ldosheva Muhabbat

Tugildi:

22 mart 1964 yil

 

Muhabbat Yo‘ldosheva 1964-yil 22-martda tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkent viloyatidagi 16-o‘rta maktabni Oltin medal bilan, 1987-yilda Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent Politexnika institutini bitirgan. Muhabbat Yo‘ldoshevaning fantastik hikoya va ertaklari o‘zbek, ingliz, serb, hind, bangla, koreys, qozoq, ukrain, belorus va rus tillariga tarjima qilingan. 2010-yilda Moskvada o‘tkazilgan I-Xalqaro Kichik proza tanlovida “Buyuk Sut daryosi” nomli ertak qissasi bilan qatnashib, Bolalar adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2011-2014-yillar davomida 3ta badiiy film uchun ssenariy yozgan. 2013-yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlarining miflari, ertaklari va afsonalari asosidagi ssenariylar Xalqaro tanlovida “Qo‘hi-Qof shahzodasi” nomli badiiy film ssenariysi uchun 1-o‘rinni egallagan. 1999-2019-yillar davomida 400dan oshiq badiiy film va 20ta teleserialni o‘zbek tiliga o‘girgan. Muhabbat Yo‘ldoshevaning birinchi kitobi “Kentavr” nomli fantastik hikoyalar to‘plami bo‘lib, u 1988-yilda nashrdan chiqqan. Shundan so‘ng “Buyuk sut daryosi” (2006), “Tungi xiyonat” (2012), “Prins strani Koxi-Kof” (Janubiy Koreya, 2013, ), “Great Dairy River” “Buyuk sut daryosi” (AQSH, 2017), “Great Dairy River” (“Amazon.com Inc” 2017), “Qaynona” (2017), “Yulduzlarni yutgan tun” (2017), “O‘gay ota” (2019), “Moy drug-oblako” (Janubiy Koreya, 2019), “나의구름친구”, “Mening bulut do‘stlarim” (Janubiy Koreya, 2019), “My Cloud Friends” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning rus tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan rus tiliga qilgan tarjimasida o‘ndan oshiq kitoblar dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lib, “Samoviy qotil” (detektiv, 2012), “O‘yla va boy bo‘l” (muallif: N. Xill, 2016), “XV-XVI asrlar kitob sanʼati durdonalarida Alisher Navoiy asarlari” (muallif: O.Vasilyeva, 2016), “Samoviy qotil” (detektiv, 2017), “O‘g‘ri ayol” (detektiv, “2017), “Advokat” (detektiv, “2017), “Chernaya kniga alximika” (muallif, B.Abdug‘afur, 2018), “Oltin meros” (N. Xillning “Bir yilda boy bo‘lish”, “Omad zinasi”, “Fikrlang va boying”, “Farovonlik sirlari”, “Boyish qoidalari” nomli kitoblari kiritilgan saylanma, 2018), “Uzbechka” (muallif: B.Abdug‘afur, 2020) shu jumladandir...

Yo‘ldosheva Dinora

 

Dinora Yo‘ldosheva 1999 yil 11 yanvarda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jonkel qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan.

Yo‘ldosheva Kamola Ergash qizi

Tugildi:

29 sentyabr 1988 yil

 

Kamola Ergash qizi (Yo‘ldosheva) 1988 yil 29 sentyabrda Toshkent tumanidagi Hiyobon mahallasida ziyoli oilada dunyoga keldi.Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti I kurs talabasi Kamola Yo‘ldosheva jamoat ishlarida faol, qalamkashlikda ilg‘or chiqib, «Istiqlol nuri», «Tong yulduzi» gazetalari va «Gulxan» jurnalida o‘zining odamiylik, sadoqat va qadriyatni tarannum etuvchi diltortar maqolalari, hikoya va ocherklari bilan qatnashib kelmoqda.

Yo‘ldoshev Qozoqboy

Tugildi:

9 may 1949 yil

 

Qozoqboy Yo‘ldoshev, 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tug‘ilib, 1956-1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-o‘rta maktabda o‘qigan. 1966-1970-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan. 1970-1977-yillarda Guliston tumanidagi 1- va 15-maktablarda til va adabiyot o‘qituvchisi, 1977-1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida o‘quv bo‘limi mudiri, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1980-1985-yillarda O‘zkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xo‘jalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, “Qizil tong” kolxozi parkomi kotibi lavzimlarida ishladi. 1986-1994-yillarda Guliston davlat universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, “Pedagogika va boshlang‘ich taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri, “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi. 1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi O‘zbek pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bo‘lim mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani bo‘ldi. 2000-yildan 2005-yilgacha “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri vazifasida xizmat qildi. 2005-yildan hozirga qadar “Matnshunoslik, milliy uyg‘onish davri va hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi professori bo‘lib ishlaydi. 1985-yilda “O‘zbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolyug‘iyasi” mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa “Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvonini olgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Hozirga qadar 35 kitob, 393 nomda ilmiy maqola chop ettirgan.

Yo‘ldoshev Muslimbek

Tugildi:

12 iyun 1958 yil

 

Yo‘ldoshev Muslimbek. 1958 yil 12 iyunda Toshkentda tug‘ilgan. Hozirgi O‘zbekiston davlat Sanʼat va madaniyat institutini va Yuridik universitetni tamomlagan. 1978 yildan beri O‘zbekiston televideniyesida suxandon, jurnalist bo‘lib faoliyat yuritadi. 1998 yildan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Siz meni taniysiz”. “Yor ko‘chasi”, “So‘z sehri”, “Men intilgan manzil”, “Ko‘nglim koshonasi”, “Yor ham yangilik emas”, “Silsila”, “Diydor shirin”, “Mo‘minga begona bahor” singari kitoblari nashrdan chiqqan. “Savdogar”, “Mulkdor” va “ Boks + futbol” gazetalarida muxbir, maxsus muxbir, Bosh muharrir bo‘lib ishlagan. “Umid”, “Egiz qo‘shiqlar”, Dilkash davralar” singari ko‘rsatuvlarning muallifi. O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori.