Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Qorayev Sherxon

Tugildi:

5 oktyabr 1977 yil

 

Sherxon Qoraev 1977 yilning 5 oktyabrida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ziyoli inson Po‘latxon Ziyodillaxon o‘g‘li xonadonida tavallud topgan. A.Navoiy nomli madaniyat saroyida hamda “Mehnat bayrog‘i” (“Nishon tongi”) gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida ishlagan. Hozirda “Nishon tongi” gazetasining bosh muharriridir. Sherxon Qoraev Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning bakalavriat jurnalistika fakultetini 1996 – 2000 yillarda, magistiraturani 2000 – 2002 yillarda imtiyozli diplomlar bilan tamomlagan. 2000 – 2019 yillarda “Ma’naviyat hissi”, “Mustaqillik mohiyati”, ”Milliy matbuot tarixi”, ”Endi men ishqdirman”, ” Sevgi suvrati”, ”Bir qultum ishq”, “Avliyolar avliyosi”,”Dunyoni ma’rifat qutqaradi”,”Navoiy o‘qigan kitoblar”,”Navoiy adabiy majlislari”, “Muhammad Yusuf va G‘aybullo As-Salom”, “Bobur Mirzo va Jumong” va “Munosib voris” nomli o‘ttizga yaqin ilmiy – publisistik, she’riy kitoblari nashr qilingan. Sherxon Qoraevning ustozlari Muhammad Yusuf, Rustam Ochil, Usmon Ravshan, Rauf Parfi, Jo‘ra G‘oyib hisoblanadi. 2016 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyuldagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Sh.Qoraev “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining Qashqadaryo viloyati g‘olibidir.

Qoraboyev Abduxalil

Tugildi:

21 sentyabr 1941 yil

 

Abduxalil Qoraboev 1941 yil 21 sentyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 1965 yilda Toshkent davlat universitetini filologiya fakultetini tamomlagan. Uning dilbar she’rlari adabiy jamoatchilik va adabiyot muxlislarining e’tiboriga sazovor bo‘lgan. U shoir, yozuvchi, xalq ta’limi a’lochisi sifatida elning hurmatini qozongan. 1978 yil “Ko‘zlaringda quyoshcha o‘t”, 1998 yil “Tong yog‘dusi” va “Sizni sog‘inaman” nomli she’riy hamda “Ota mehri” hikoya va ocherklar to‘plamlari chop etilgan. Abduxalil Qoraboev “Shonli mehnat”, “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”), “Qishloq haqiqati” gazetalarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida hamda ta’lim sohasida xizmat qilgan. Mustaqillik yillarida faol ijod qilgan Abduhalil Qoraboevning 2005 yilda “Qiyomat” biografik qissasi, 2011 yilda “Ko‘ngil” she’rlar to‘plami, “Men qishloqda yashayman” publisistik maqolalari to‘plami chop etildi. Oilali, 5 nafar farzandning otasi