Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Qo'shjonov Otamurod

 

1921 yilda Toshhovuz shaxri yaqinidagi Hallang qishlog‘ining Ziyli o‘basida tug‘ilgan. 1945 yilda Toshxovuz shahridagi o‘qituvchilik institutini tugatgan. 1949-1954 yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 1967 yilda “XIX asr oxiri-XX asr boshida Xiva xonligida agrar munosabatlar” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1967-1978 yillarda Toshkent Davlat chet tillari institutida, 1978-1992 yillarda ToshDU (hozirgi O‘zMU )da dars bergan. 1979 yilda “Bugungi O‘zbskiston” risolasi va shu kungacha 30 dan ortik ilmiy makolalari e’lon qilingan. 2007 yilda “Buyuk Xorazmshoxlar davlati davrida Xorazm” (hammualliflikda) nomli risolasi nashr qilingan.

Qo'chqorova Oygul

Tugildi:

21 oktyabr 1991 yil

 

Qo'chqorova Oygul, 1991-yil 21-oktyabrda tug'ilgan. 2008-yili Peshku tumanidagi ixtisoslashgan iqtidorli bolalar maktabini tugatib, 2009-yili Portugaliyaning Leyriya davlat politexnika institutiga kirgan. 2012-yilda institutni tamomlab, repetitorlik faoliyatini boshlagan. 2012-2020-yillar mobaynida rus tili, ingliz tili va matematika fanlaridan o'quv markazlarida repetitorlik faoliyati bilan shug'ullangan. 2020-yildan boshlab tarjimonlik sohasini boshlagan. "Noldan boshlab biznes" va "Montessori" kitoblari tarjimoni.

Qilichbek O'zbektosh

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Qilichev

Tugildi:

5 faevral 1986 yil

 

O‘zbektosh Qilichbek 1986 yil 5 fevral kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Qilichev O‘zbektosh ─ O‘zbektosh Qilichbek taxallusi bilan hikoyalar, pesalar hamda she’rlar yaratgan. Uning hikoyalari va she’rlari “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallarida, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hayot”, “Huquq”, “Darakchi”, “Bekajon”, “7x7”, “Sirdaryo haqiqati”, “Davr yoshlari” gazetalarida muntazam chop etilib boradi. 2006 yil “Quvonch” hikoyalar to‘plami nashrdan chiqqan. U 2007 yil an’anaviy “Zomin” o‘quv-seminarida ishtirok etib nasr yo‘li nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi. 2013 yil Do‘rmon “Yosh iste’dodlar” seminarida dramaturgiya yo‘nalishida qatnashdi. Uning hikoyalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi shafeligida chop etilgan yosh ijodkorlarning “Kaftdagi nihol”, “Zangor fasl” bayoziga kiritilgan. O‘zbektosh Qilichbek 2010 yildan buyon Olim Xo‘jaev nomidagi Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida Adabiy bo‘lim mudiri, rejissyor yordamchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda. 2010 yilda O‘zbektosh Qilichbekning ssenariysi asosida “O‘yin ichida o‘yin” to‘la metrajli badiiy filmi suratga olindi. Va “Yilning eng yaxshi filmi” yo‘nalishida kino, san’at va televidenie tanlovining nominanti bo‘ldi. 2011 yil “Turmush – musht” filmining ssenariy muallifi (hammuallif). O‘zbektosh 2014 yilda bolajonlar uchun qo‘g‘irchoq teatrlariga mo‘ljallaganga ikki ertak “A” saroyi sirlari” va “Atlasoyning sarguzashtlari” ertak-pesalarini yozadi hamda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Debyut-2014” respublika festivalida rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lib diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. “A” saroyi sirlari” ertagi 2015 yilning ilk oylarida Toshkent Davlat qo‘g‘irchoq teatri va Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilib, bolajonlar e’tiboriga havola etildi.

Qayimov A.Q.

Asosiy janrlar:

Lug´atlar