Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Qandaharov Anvarjon

 

Qandaharov Anvarjon Hasanovich – Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2002-2006 yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti bakalavriyatini, 2006-2008 yillarda esa, institutning tarix mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. O‘zbekiston tarixi, xususan, Quyi Zarafshon vohasi va Karmana tarixiga oid viloyat, Respublika hamda Xalqaro jurnallarda va ilmiy konferensiya materiallari to‘plamlarida 50 dan ortiq maqolalari hamda «Shayx Xudoydod Vali – Karmana farzandi» nomli kitobi chop etilgan. Shuningdek, 2015 yilda o‘tkazilgan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovining «Eng faol yosh olim» nominasiyasi bo‘yicha viloyat bosqichining g‘olibi va ushbu tanlovning Respublika bosqichida «Eng ijtimoiy faol yosh olim» nominasiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Navoiy davlat pedagogika institutining katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.

Qahhor Solih

Tugildi:

29 dekabr 1939 yil

Vafot etdi:

24 yanvar 2018 yil

 

Solix Kahhor 1939 yil 29 dekabrda Farg‘ona viloyati, Olti ariq tumani Jo‘rak qishlog‘ida, ishchilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1948-1958 yillar «Tojikiston 20 yilligi» umumta’lim maktabida o‘qigan. 1958-1961 yillar Dushanbe pedagogika institutida tahsil olgan. 1962-1965 yillar Moskva viloyatida harbiy xizmatni o‘tagan. 1966 yildan «Sovet Tojikistoni» Respublika gazetasi hamda radio eshitirish va televidenie davlat komitetida ijodiy xodimi, 1971 yildan «Sovet Tojikistoni» gazetasida maxsus muxbir lavozimlarida ishlagan. 1974 yil Toshkent oliy partiya maktabiga o‘qishka kirib, 1980 yil muvafaqiyatli tugatgan va Tojikiston kompartiyasi markaziy qo‘mitasi ixtiyoriga jo‘natilgan. 1980 yil Tojikistonning vaxsh vodiysida yangi tashkil topgan Qo‘rg‘ontepa viloyati gazetasiga bosh redaktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 1988 yildan «Tojikiston ovozi» Respublika gazetasining vaxsh va Kulob viloyatlari bo‘yicha maxsus muxbiri sifatida ishlagan. Biroq Tojikistonda fuqarolar urushi tobora avj olishi bilan 1993 yilning boshlarida oilasi bilan Farg‘onaga ko‘chib kelgan. Shu yilning mart oyida Farg‘ona viloyati matbuot boshqarmasida, so‘ng o‘zi asos solgan viloyat prokuraturasiga qarashli «Adolat yo‘li» gazetasiga bosh redaktor bo‘lib ishladi. Shuningdek, Farg‘ona nashriyoti matbuot markazi qarashli «Farg‘ona axboroti» va «Davr minbari» viloyat gazetalariga ko‘p yillar davomida muharrirlik qildi. Shuningdek, «Adolat» Respublika gazetasining va undan so‘ng O‘zbekiston jurnalistlarining «Xurriyat» gazetasi Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha maxsus muxbir bo‘lib ishladi. 1970 yildan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi. «Oq dul dulni jilovlagan ayol» (1983 yil), «Ayri yo‘l» (1985 yil), «Daydi qizning daftari» (2001, 2007, 2009, 2011 yillar), «Taxmina» (2013, 2015, 2016 yillar) kitoblarining muallifi. Solix Kahhor 2018 yilning 24 yanvar kuni 78 yoshida vafot etgan.

Qahhor Abdulla

Tugildi:

17 sentyabr 1907 yil

 

Abdulla Qahhor (1907—1968) — Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Ashtda tugʻildi. Oldin eski maktabda, «Istiqbol» maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi. Abdulla qahhor (1907.17.9, Qo‘qon — 1968.25.5, Moskva) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Te-mirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mama-jon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach "Istiqlol" nomli sho‘ro makta-biga o‘qishga kiradi, undan internat, "Kommuna", "Namuna" maktablarida, so‘ng bilim yurtida tahsil ko‘radi. Bi-lim yurtining "Adib" qo‘lyozma jur.da dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi "Qizil O‘zbekiston" gaz.si tahririyatining "Ishchi-batrak mak-tublari" varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gaz.da ishlash jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). A. Q. yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta tay-yorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay "Yangi Farg‘ona" viloyat gaz.siga kotib va "Chig‘iriq" hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929). A.Q.ning "Oy kuyganda" ilk hajviy she’ri "Mush-tum" jur.da Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari "Mush-tum", "Yangi yo‘l" jur.lari va "Qizil O‘zbekiston" gaz.sida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi ta-xalluslar ostida e’lon qilindi. A. Q. 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kiradi (1930), ayni payt-da "Sovet adabiyoti" jur.da mas’ul ko-tib vazifasini bajaradi.

Pushkin Aleksandr Sergeevich

Tugildi:

26 may 1799 yil

 

Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi. Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi. Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan).