Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Primov T.

 

Tilakberdi Primov, pedagogika fanlari nomzodi, Qarshi Davlat universiteti dotsenti. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, «Markaziy Osiyoda maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyot tarixi», «Yosh pedagog», «Universitet talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti haqida metodik ko‘rsatmalar», «Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash: muammo va yechimlar», «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash», « O‘qituvchi nutq madaniyati», «Milliy g‘oya, yoshlar va ta’lim-tarbiyadagi yangilanishlar», «O‘zbekiston kasb-hunar kollejlarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi tajribalari» kabi risola va uslubiy q o‘llanmalar muallifi.

Pravdina Natalya

 

Наталья Правдина – таниқли ва омадли аёл, Фэн-Шуй бўйича катта маош оладиган консултант, ҳозирги вақтда Америка ва Россияда пул топиш ва тўкинликка эришиш йўллари ҳақида семинарлар ташкил қилган...

Pratov O‘ktam Pratovich

 

1934- yilda Toshkent viloyatining Xumson qishlog'ida tug'ilgan. 1959- yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ni bitirgan. O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor. 1959- yildan buyon O'zR FA "Botanika" IICHMda ilmiy izlanishlar olib boradi hamda oliy o'quv yurtlarida dars berib keladi. 1977-1980- yillarda Shimoliy Afrikadagi Liviya florasini o'rgangan. 1987-yilda Sankt-Peterburgda "O'rta Osiyo va Shimoliy Afrika sho'ralari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1985-1993-yillarda "Botanika" instituti direktori lavozimida faoliyat ko'rsatgan. Tadqiqotlari asosan flora, sistematika, filogeniya, tabiat muhofazasi kabi sohalarga bag'ishlangan. 20 dan ortiq yangi tur va boshqa taksonomik birliklarni kashf etgan. 300 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar muallifi. 5- va 6- sinflar uchun "Botanika", oliy o'quv yurtlari talabalari uchun "Botanika" darsliklari va qator qo'llanmalari, 10 jildlik "O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" (rus tilida) muallifi hamdir. "O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi" bevosita uning ishtiroki va umumiy tahriri ostida nashr etilgan.

Po‘latov Abdimajid Qayumovich

Tugildi:

4 mart 1948 yil

 

Пўлатов Абдимажид Қаюмович, 1948 йил 4 мартда туғилган – Математик, физика-математика фанлари доктори, профессор, дискрет математика ва математик мантиқ ҳамда компьютер лингвистикаси соҳалари бўйича таниқли мутахассис. Узоқ йиллар давомида ЎзМУнинг математика ва ўзбек филологияси факультетида фаолият олиб борган. Олимнинг тилшуносликка оид “Англиский язык. Учебное пособие и справочник”, “Дунёвий ўзбек тили. Ўзбек тилида феъл шакллари ва уларнинг рус, инглиз тилларидаги кўринишлари”, “Компьютер лингвистикаси”, “Инглиз тили – мустақил ўрганувчилар учун”, “Формулы жизни. 3 тилда” ва бошқа китоблари чоп этилган...

Po‘latov Azizxon Saidakbarovich

Tugildi:

21 may 1981 yil

 

Po‘latov Azizxon Saidakbarovich, 1981 yilning 21 may kuni tug‘ilgan. 2012 yil O‘zMU huquqshunoslik fakulteti magistraturasini tamomlagan. 2014-2020 yillar harbiy qismda ishlagan. 2020 yildan sudyalar Oliy maktabi tayanch doktoranti.