Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Masharipov Muhammadsoli

 

Muhammadsoli Masharipov – To‘rtko‘l shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1968 yil “Respublika yoshlar mukofoti” sovrindori. 1982 yil “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi”, “Mehnat shuhrati medali” va “Mustaqillikning 10 yilligi” nishoni sohibi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. “Hofiz Otajon”, “Oynai Jahon” qissalar, “Qoraqalpoqnoma”, “O‘zbekistonim”, “Turon Bulbuli”, “To‘rtko‘lim”, “Kamalak” qasida va dostonlar muallifi. “To‘rtko‘l va To‘rtko‘lliklar”, “Qoraqalpoq suri”, “Orol kecha va bugun”, “Qambarning oltin sozi”, “Jayhun jozibasi”, “Ellikqal’ada bahor”, “Nazm va Navo” kabi bir qator videofilmlari televidenie Oltin fondidan munosib joy olgan.

Marshak Samuil Yakovlevich

Tugildi:

3 noyabr 1887 yil

Vafot etdi:

4 iyul 1964 yil

 

S. Ya. Marshak 1887-yilda Voronej shahrida tug‘ilgan. Peterburgdagi gimnaziyani tugatib, 1912-yil Angliyaga yo‘l oladi. U London universitetining san’atshunoslik fakultetida o‘qish bilan birga ingliz tilini mukammal o‘rganib, Shekspir, V. Bleyk, R. Byorns, Kipling, J. Rodari hamda R. Tagor kabi mashhur shoir va adiblarning asarlarini rus tiliga mahorat bilan o‘giradi. S. Ya. Marshak jahon va sharq ertaklari, afsonalari asosida bolalar uchun qator asarlar yaratadi. O‘z navbatida adabiyotshunoslar unga «Kichkintoylar she’riyatining marshali» deb yuksak baho berishgan. Shoirning ayrim asarlari Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat hamda H. Sharipov kabi ustozlarimiz tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Mazkur kitobga Samuil Yakovlevich Marshakning sharqu-g‘arb afsonalari asosidagi she’rlari jamlangan. Shoir 1964-yilda Moskva shahrida vafot etgan.

Markes Gabriel Гарсиа

Tugildi:

6 mart 1927 yil

 

Markes 1927 yilda Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Arakatuka degan shaharchada dunyoga kelgan. Gabo (Gabriel) hayotida o‘chmas iz qoldirgan kimsa uning bobosi iste’fodagi polkovnik Nikolos hisoblanadi. Uning hayoti aksar sahifalaridan o‘z romanlarida foydalandi. «Bobom va buvim, - deb eslaydi Markes, - jinlar bilan to‘lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularning har ikkisi ham irimchi bo‘lib, g‘aroyib tasavvurga ega bo‘lganlar...». Gabrielning otasi dorishunos bo‘lib, u o‘g‘lining ham farmatsevt bo‘lishini istar edi. Gabriel esa advokatlik kasbini orzu qildi. Markes dastlabki hikoyasini 17 yoshida yozgan va 60-yillarga qadar uning asosiy kasbi jurnalistika bo‘lib qoldi. Uning bu faoliyati Bogotada, «El Espektador» («Sharhchi») ro‘znomasidan boshlandi. Adib yozuvchi sifatida shakllanar ekan, ko‘proq Xemintuey, Kafka va ayniqsa Folkner ijodidan ko‘proq bahramand bo‘lgan. Yozuvchi Parijda, Venesuelada, Meksikada va Toshkentda ham bo‘lgan. Asarlari; «Xosiyatsiz soat» (1961), «Katta onaning dafn etilishi», «Polkovnikka hech kim yozmaydi», «Tanholikning yuz yili» (1965-1966), «Oqsoqolning kuzi» (1975, unda Lotin Amerikasini dahshatga solgan hokimi mutlaq to‘g‘risidagi afsona aks ettirilgan va fosh qilingan), «Otkora qotillik qissasi» (1981) va boshq.