Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Kalashnikov Isay

Tugildi:

9 avgust 1931 yil

 

Isay Kalistratovich Kalashnikov 1931 yil 9 avgustda Buryatiya Respublikasi (Rossiya) Muxorshibir tumanidagi Sharalday qishlog‘ida tavallud topgan. U yoshligidanoq og‘ir mehnat bilan shug‘ullanadi. Uning birinchi hikoyasi «Sashka» «Buryat-mo‘g‘ul haqiqati» gazetasida nashr etilgan. 1959 yilda «Baykal uzra yog‘dular» jurnalida Kalashnikovning birinchi romani «So‘nggi chekinish» (Baykalorti hududlaridagi fuqarolar urushi haqida) chop etilgan. Romanning bosh qahramoni u tug‘ilgan Sharalday qishlog‘ining fuqarosi sanaladi. Undan keyin “Tiklanish”, «Botqoq oralab» povestlarini yozdi. Hamda sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Kalashnikov 1963-1965 yillar mobaynida Buryatiya yozuvchilar uyushmasi yo‘llanmasi bilan Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil oldi. 1965 yildan Buryatiya yozuvchilar uyushmasi kotibi lavozimida ishlay boshladi. 1970 yilda o‘zining «Yirtqich o‘t» romanini chop ettirdi. 1973 yilda Kalashnikov Buryatiya Xalq yozuvchisi unvonini oldi. 1978 yil adibning mashhur «Shafqatsiz asr» romani yaratildi. Boshqa asarlari: «Hayot yo‘llari» (1982), «Daraxt - o‘sishi kerak» povesti, «O‘rmon ichra» (1962), “Xalqqa” (1964), “Tekshiruv” (1978) va boshqa novellalari. Yozuvchi 1980 yil 30 mayda Moskvada vafot etgan. Kalashnikovning asarlari qozoq, qirg‘iz, buryat, nemis, turkman, chex, eston va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.