Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Abduqunduzov Muhammadali

Tugildi:

14 iyul 1952 yil

 

Muhammadali Abduqunduzov (14-iyul 1952, O‘zbekiston tumani Yaypan qishlog‘i) – O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1974). 1974–85 yil M. Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyat teatrida aktyor, 1986 yildan Hamza teatrida, 1996–98 yillar Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari. 1998 yildan "O‘zbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Paratov ("Sepsiz qiz"), Ikrom ("Ufq"), Shokir ("Ko‘rmayin bosdim tikonni"), Samoviy kuch ("To‘maris"), Abdulla Qodiriy, Otabek ("Abdulla Qodiriyning o‘tgan kunlari"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Akbar ("Zebunisso"), Naufal ("Muhabbat sultoni"), Umarxon ("Fig‘on"), Cho‘lpon ("Kunduzsiz kechalar") va boshqalar. Shuningdek ko‘pgina videofilmlarda o‘ynagan: Bobur ("Bobur"), Navoiy ("Layli va Majnun"), Sultonali ("Mehrobdan chayon"), Cho‘lpon ("Kecha va kunduz") va boshqalar. Ayniqsa uning ijrosidagi og‘ir, vazmin, chuqur o‘yga botgan, o‘tkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida o‘rin tutadi.

Abdulxayr Manzar

Tugildi:

25 aprel 1964 yil

 

Manzar ABDULXAYR – 1964 yil 25 aprelda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan. ”Ming bir so‘z”, “Eski o‘zbek yozuvi”, “Navoiy merosi – so‘z maxzani”, “Sohil ohanglari”, “Navoiy asarlarida so‘z va iboralar”, “Moviy ufq”, “So‘z ruhi”, “Taammul”, “Navoiy asarlarining izohli lug‘ati”, “Bog‘atdagi qush”, “Tahririyat va bir tun” kabi hikoya, ilmiy-adabiy va she’riy kitoblari chop etilgan. Shuningdek, matbuotda yuzdan ortiq publisistik maqolalari hamda Alisher Navoiy Hazratlari g‘azallarining sharhlariga bag‘ishlangan ishlari e’lon qilingan. U ayni paytda “Yangi asr avlodi” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi.