Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Abdullayev Yorqin

 

1942 yilda Samarqand viloyati, Nurato tumanining G‘ozg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. 1968 yili Toshkent Halq Ho‘jaligi instituti (bugungi TDIU)ni imtiyozli diplom bilan tugatib, o‘z mehnat faoliyatini shu dargohda oddiy o‘qituvchilikdan boshlab (1968), Moskva iqtisod statistika instituti aspiranti (1972-1974), fan nomzodi (1974), “Statistika” kafedrasi dosenti (1980-1986) vazifasida o‘z faoliyatini davom ettirgan. 1983-1985 yillarda MESI doktoranti, 1985-1991 yillarda THHI “Hisob-iqtisod fakulteti”ning dekani, 1987 yilda MESIda “Regional iqtisodiyot samaradorligi statistikasidagi muammolar” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan, professor (1987), 1991 yil iyul oyidan boshlab Toshkent Moliya instituti (TMI)da o‘quv ishlar bo‘yicha, 1997-2011 yillarda esa ilmiy ishlar bo‘yicha rektor muovuni lavozimida ishlagan. 1992 yilda unga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni berilgan. Yo.Abdullaev statistika muammolari bo‘yicha 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 50 tadan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar chop etgan. 5 nafar fan doktori va o‘ttizdan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan. Uning rahbarligida 1 nafar aspirant, 1 nafar magistrant, ikki nafar bakalavr Prezidenti sovrindori bo‘lgan. U qator turkum kitoblar muallifi. Hususan: “Talaba reytingi”, “Kafedra va kafedra o‘qituvchisi reytingi”, “Fakultet va fakultet dekani reytingi”, “Institut reytingi”ni aniqlash uslubiyotini ishlab chiqqan (1991-1995). U “Bozor iqtisodiyoti asoslari”ga bag‘ishlab “100 savolga 100 javob”dan iborat 30 taga yaqin ilmiy-ommabop turkum (“Pul”, “Kredit”, “Qimmatli qog‘ozlar”, “Menejment”, “Bank ishi”, “Statistika”, “Iqtisodiy tahlil”, “Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari” va h.k.), shuningdek, me’muar janriga xos “Odamiy ersang...”, “Statistika ilmining fidoiysi”, “Kamtarin inson”, “Sermazmun umr sohibi”, “Ibratli umr”, “Muxandislik ilmining fidoiysi”, “Innovator alloma” kabi “Fidoiy kishilar hayotidan” nomli turkum asarlar muallifi. U 2005 yilda chop etgan “Qiziqarli statistika yoxud Raqamlar tilga kirganda” nomli ma’rifiy-ma’naviy, falsafiy va ilmiy-ommabop asari bilan ham o‘zbek kitobxonlariga keng tanilgan. Bugungi kunda U “Osuda yashashning 99 siri” nomli 99 kitobdan iborat turkumni nashrga tayyorlash bilan mashg‘ul.

Abdullayev Murod

 

Murod Abdullaev 1948 yili Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug‘ilgan. 1971 yili O‘zbekiston Milliy universiteti filoloiya fakultetini bitirgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi. “Qarshi cho‘li qahramonlari”, “Mozordagi beshiklar”, “Najot kutgan daryolar”, “Tumaris ona”, “Sabr onasi” va boshqa adabiy-publisistik kitoblar, tarixiy mavzudagi esselar muallifi.

Abdullayev Abdumutal

Tugildi:

12 may 1949 yil

 

Abdumutal Abdullaev 1949 yil 12 mayda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Ko‘tarma qishlog‘ida tug‘ilgan. 1956-1966 yillarda Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabda o‘qigan. 1971 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Andijonnoma” (sobiq “Kommunist”) gazetasida boshlagan. 1975-1980 yillar mobaynida Respublika “Qishloq hayoti” (sobiq “Qishloq haqiqati”) gazetasining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha muxbiri, 1980-1982 yillarda Andijon viloyati firqa qo‘mitasida matbuot yo‘riqchisi, 1982 yildan “Andijonnoma” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, 1990 yildan bosh muharrir, 1996 yildan bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012 yildan 2016 yilga qadar bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili. 1991 yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2005 yili Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sovrindori sifatida e’tirof etilgan. 1994-2014 yillar davomida vatanparvarlik, el-yurtga mehr-muhabbat, umuminsoniy qadriyatlar, ma’rifiy-ma’naviy, lirik, falsafiy-tasavvufiy mavzulardagi “Muhabbatdan so‘z ochma menga”, “Ko‘ngil tinchirmidi?”, “Andijonnoma mutoibalari”, “Siyratga sayr”, “Dunyoning kaliti”, “Alushta ertagi”, “Ishqqa davo yo‘q”, “Dard”, “Umrki bir sinoat”, “Alfons”, “Hajdagi hayotim”, “Qubays tog‘idagi nido”, “Qaqnus”, “Yigit yig‘lamasin”, “Muhabbat maktubi” kabi kitoblari chop etilgan.