Как читать?

Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн

Подробнее

Как купить?

Пошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу

Подробнее

Вы - автор?

Вы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги

Подробнее

Вопросы-ответы

Как купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ

Подробнее

Қумдаги хотин

Қумдаги хотин
Просмотры, всего:

16306

Жанр/раздел:

Романы, рассказы

Автор:

Переводчик:

Ваҳоб Рўзиматов, Эркин Эрназаров

Год издания:

2016

Язык:

Узбекский (кир)

Страницы:

352

Издательство:

Янги Аср Авлоди

Номер ISBN:

978-9943-27-732-8

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Читать отрывок
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом "Как читать купленную книгу"!

10600 сум

Купить

Рейтинг посетителей

  • Аннотация
  • Отрывок из книги
  • Комментарии и отзывы

Noyob ijodi Yaponiya adabiyotida alohida o‘rin tutadigan Kobo Abe insonning hali tadqiq etilmagan hayot qirralarini betakror usulda tasvirlaydi. Uning o‘zbek kitobxonlari e’tiboriga havola etilayotgan «Huddi odamdek» qissasida asar qahramoni – jurnalist va dramaturg behisob qo‘lli iloh bilan voqelik va xayoliy dunyo, haqiqat va sun’iylik xususidagi falsafiy mushohadalari insoniy qadriyatlarning tom ma’nosiga qarashlarni ifoda etgan. Kobo Abening adabiyotshunoslar tomonidan antiqa va jumboqli asar sifatida talqin etiladigan «Qumdagi xotin» romanida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat hayot-mamot nuqtai nazaridan chuqur tahlil etiladi. Muallif majoziy tasvirlar orqali haqiqiy insonning yashashdan maqsadi – jamiyatning o‘zi kabi a’zolariga sidqidildan xizmat qilish, ezgulikka intilish bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.

BIRINChI QISM
Avgust kunlaridan birida bir odam yo‘qolib qoldi. U ta’tilidan foydalanib, poezdda orasi yarim kunchalik keladigan sohilga borib kelmoqchi edi. O‘shandan beri dom-daraksiz ketdi. Na polisiyaning qidirishlari, na gazetadagi e’lonlar biror natija berdi. Odamlarning yo‘qolib turishi – umuman aytganda, uncha kam uchraydigan hodisa emas. Statistik ma’lumotga ko‘ra, daraksiz ketgan odamlar haqida har yili bir necha yuzlab axborotlar e’lon qilinadi. Shunisi taajjublanarliki, topilganlar juda ozchilikni tashkil etadi. Suiqasd va baxtsiz hodisalardan dalillar qoladi; o‘g‘irlab ketishlar yuz bergan taqdirda har doim ularning sabablarini aniqlash mumkin. Ammo yo‘qolishning boshqacha biror sababi bo‘lmasa, yo‘qolgan odamning izini topib olish juda qiyin bo‘ladi. Rost, yo‘qolish qochish deb atalsa, bulardan ko‘plari darhol xuddi shu oddiy qochish deb atab qo‘ya qolinadi shekilli. Mazkur hodisada ham qanday bo‘lmasin bir iz yo‘qligi hech g‘ayritabiiy ko‘rinmas edi. Uning qayoqqa jo‘nab ketganligi taxminan ma’lum, ammo o‘sha yoqdan o‘ligi topilganligi haqida xabar kelmagan edi. Ish ham qanday bo‘lmasin yashirin sirlarga daxldor emas ediki, uni shu tufayli o‘g‘irlab ketishgan, deyilsa. Barcha xatti-harakatlarida, xulq-atvorida qochish niyatida ekanligidan asar ham yo‘q edi. Avval boshda, tabiiy, hamma, bu ishga xotin kishi aralashgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Ammo polisiya amaldorlari bilan hamkasabalari yo‘qolgan odamning xotinidan, u o‘z kolleksiyasi uchun hasharot yiqqani ketganini bilishgach, hafsalalari pir bo‘ldi. Darhaqiqat, xotin kishi bilan qochib ketayotganini yashirish uchungina sianli kaliy solingan banka, hasharot ushlaydigan matrabcha ko‘tarib yurish bu o‘taketgan anoyilik bo‘lardi. Eng muhimi – stansiya xizmatchisi, o‘sha kuni S stansiyasida poezddan kiyimi alpinistlarnikiga o‘xshagan, elkasiga rassomlar ishlatadigan taxta quti va suvdon osib olgan bir erkak tushganini, u odamning yolg‘iz ekanligini xotirlagan edi. Shunday qilib, u taxmin ham bekor bo‘ldi. Odamoviligi tufayli o‘zini o‘zi o‘ldirgan, degan taxmin ham yuzaga keldi. Bu fikrni ruhiy tahlilga juda ishqiboz bir hamkasabasi aytdi. Uning fikricha, kap-katta odamning hasharotlardan kolleksiya tuzishdek bema’ni ish bilan shug‘ullanishining o‘ziyoq, o‘sha odamning ruhan nuqsoni borligini tasdiqlar emish. Hatto yosh bolaning ham hasharotlardan kolleksiya tuzishga mukkasidan ketishi, ko‘p hollarda uning Edip dardiga mubtalo ekanligini ko‘rsatarmish. Murodi hosil bo‘lmaganligidan xumordan chiqish uchun, u bari bir hech qochib keta olmaydigan jonsiz hasharotga huzur bilan to‘g‘nag‘ich qadar ekan. Modomiki, shu mashg‘ulotini ulg‘ayganda ham tashlamabdimi, bu uning dardi yana ham og‘irlashganidan muqarrar darak bergani emish. Axir, entomologlar juda ko‘p hollarda nokastalik dardiga giriftor, ming‘aymas bo‘ladilar, arzir-arzimas narsalarni o‘g‘irlayveradilar, pederastiya 1 bilan shug‘ullana Pederastiya – bachchavozlik.dilar. Binobarin, odamovilik tufayli o‘z-o‘zini o‘ldirib qo‘yish hech gap emas. Qolaversa, kolleksionerlar orasida shundaylari ham bo‘ladiki, kolleksiya tuzishdan ham ko‘ra ko‘proq bankalardagi sianli kaliyga ishqiboz bo‘ladilar, o‘zlarining bu mashg‘ulotlaridan sira ham voz kecholmaydilar. Nihoyag, bu ishtiyoqi haqida biror marta biror kishiga ochiq gapirmagani, bu ishqibozligining nomunosib bir ishligini o‘zi ham payqaganini isbotlamaydimi?

Добавить комментарий
Нет комментариев и отзывов. Станьте первым!