Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2009
Узбекский (кир)
280
978-9943-04-092-2
9000 сум
Рейтинг посетителей |
O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos olim va jamoat arbobi Ozod Sharafuddinov umrining so‘nggi kuniga qadar qo‘lidan qalamini qo‘ymagan, qalbidagi jamiki ezgu tuyg‘u-fikrlarni boshqalarga ilingan bag‘ri ummon inson edi. Ushbu kitobdan olimning aziz ustozlari, do‘stlari va shogirdlari to‘g‘risidagi biri biridan qiziq, o‘qishli hikoya-xotiralari o‘rin olgan. Ularning har birida xalqimiz madaniyati, ilmu fani, maorifi rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilgan insonlarning faqat o‘zigagina xos tabiati, xarakter jihatlari, taqdiridagi muhim voqea-hodisalar nihoyatda jonli tilda, qiziqarli uslubda taqdim etiladi. Hikoyalarni o‘qir ekanmiz, ko‘z oldimizda nafaqat muayyan shaxs fe’lu atvori, ularning hayotiy yoxud ilmiy-ijodiy faoliyati, balki xalqimiz XX asrda bosib o‘tgan murakkab ijtimoiy-madaniy yo‘l, yurtimizning ko‘plab go‘shalari, u erlarda turli yillarda umrguzaronlik qilgan odamlar qiyofasi namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda mazkur kitob o‘ziga xos tarixiy manba sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil yurtimizda insonni qadrlash, jumladan, millatimizning ma’naviy-ma’rifiy takomiliga ulkan hissa qo‘shgan chinakam ziyolilar hurmat-e’tiborini joyiga qo‘yishdek ezgu an’analarni tiklash ishiga Ozod Sharafiddinovning ushbu kitobi ham munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi shubhasizdir.