Nashrda 2010- yildan boshlab, hisobot davri uchun statistik ko'rsatkichlar Yevropa hamjamiyatining Iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasniflagichiga (NACE Rev.2) asoslangan O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2) bo'yicha shakllantirilgan va taqdim etilgan.
Shu bilan birga, mavjud iqtisodiy faoliyat turlaridan foydalanishda IFUT-2 talablari qo'llanilgan. Xususan, foydalanilayotgan yoki qayta ishlanayotgan mahsulotlarni ularning yangi turlariga qayta shakllantirishga yo'naltirilgan barcha faoliyat turlari ishlab chiqarish jarayonlariga kiritilgan: tog'-kon sanoati va ochiq konlami ishlash, qayta ishlab chiqarish sanoati, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash, suv ta'minoti, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish, qurilish (tasniflagichning B,C,D,E,F sektsiyalari). Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini, iqtisodiyot tarmog'i sifatida talqin qilishdagi tafovutni bartaraf etish maqsadida, yangilangan tasniflagichda qishloq xo'jaligi faqatgina dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o'z ichiga olmay, balki o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari mahsulotlarini ham o'z ichiga oladi (A sektsiya “Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi").
Shuningdek, xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq, iqtisodiy trendlarni yanada aniqroq tahlil qilish maqsadida, Yalpi ichki mahsulot tuzilmasidagi iqtisodiy faoliyat turlarining ulush ko'rsatkichlari yalpi qo'shilgan qiymatga nisbatan keltirilgan (ya'ni, YalM hajmidan mahsulotlarga soliqlar va subsidiyalar chiqarib tashlangan).