Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2009
Узбекский (лат)
160
978-9943-307-41-4
10000 сум
Рейтинг посетителей |
Ushbu darslik yuzlab qo‘shiqlari, o‘nlab dramalari, o‘nbeshdan ortiq she’riy va sahna asarlari nashr etilgan, asarlari asosida kinofilm, qator telefilm, spektakllar yaratilgan hassos shoir va dramaturg Haydar Muhammadning qalamiga mansub. Muallifning qariyb 50 yillik ijodiy tajribalari, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ko‘p yil adabiy rahbar bo‘lib ishlaganligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Repertuar redaksion kollegiyaga a’zolik (muharrirlik) faoliyati, O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining «O‘zbekiston» radiokanali «Dramaturgiya» bo‘limida mudirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi dramaturgiya kengashining a’zosi, raisi, rais o‘rinbosarligi lavozimlarida ishlaganligi, O‘zbekiston davlat san’at institutining katta o‘qituvchisi lavozimidagi faoliyatlari kinodramaturgiya, teledramaturgiyada, ommaviy tomoshalar uchun ssenariylar yozish yo‘riqlarini o‘rgatuvchi darslik yaratishga asos bo‘ldi. Bu kitob nafaqat San’at va Madaniyat institutlari talabalariga, balki ssenariy yozishga qiziquvchilar uchun ham muhim qo‘llanma bo‘ladi, degan fikrdamiz.
KIRISH
«Ssenariy» — italyancha so‘z bo‘lib, kinoda, televideniyeda, teatrlarda qo‘yiladigan pyesalar, ommaviy tomoshalar dasturi, rejasi, sujet, sxemasi, kirish payti, chiqish vaziyatidir.
«Ssenariy» so‘ziga forscha «Navisanda» — yozuvchi, adib ma’nosidan «navis» qo‘shilib, «Ssenariynavis» atamasi yaratilgan va tatbiq qilingan.
Ssenariynavislik tarixiga nazar tashlasak, yozuvchilik tarixini ko‘ramiz.
Adabiy turlar — nazm, nasr, drama va eposlar qachon paydo bo‘lgan bo‘lsa, ssenariylar ham o‘shanda paydo bo‘lgan, deyishga asosimiz bor. Chunki ssenariylarda epik kenglik, dramaturgik o‘tkir ziddiyatlar, nasriy tasvirlar, nazmiy nafosat aks etadi.
Biz ssenariynavislik tarixini o‘rganish uchun adabiyot tarixiga bir nazar tashlab o‘tishimiz shart, deb o‘ylayman. Ssenariynavis-yozuvchilar ko‘proq bo‘lib o‘tgan voqealar haqida yozib, ko‘z o‘ngimizda, ekranlarda gavdalantirib, o‘z g‘oyalarini tadqiq qiladilar. Sodda qilib aytganda, har bir yozuvchi faqat yaxshilikni, adolatni, mehr-muhabbatni o‘z g‘oyalariga mazmun qilib oladilar. Shu g‘oyalar orqali o‘quvchi, tomoshabin, tinglovchilarni yaxshilik tomon yetaklaydilar, yomonlikni yo‘qotish uchun kuzatuvchan ruhiyatni tarbiyalaydilar. Chunki inson tafakkuri kuchli, qudratli mavjudotdir. Agar unga yovuzlik g‘oyasini singdirsalar, insoniyat boshiga qirg‘in-u falokatlar keltirishi shaksiz. Unga yaxshilik g‘oyasi singdirilsa, dunyoni yashnatib, insoniyat uchun ruhiy va farovon davrni yaratish mumkin.
Bizga adabiyot tarixidan ma’lumki, eramizdan avvalgi XIII-V asrlarda — dunyo adabiyoti, aniqrog‘I grek adabiyoti rivoj topdi. Grek adabiyotining o‘lmas daholari Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofanlar dunyoga keldi. Ularning badiiy asarlari qariyb uch ming yildan beri dunyo xalqlarining ma’naviy durdonalari bo‘lib kelmoqda…