"Sulton Jaloliddin... Shiddat va jasoratda tengsiz pahlavon, jasur sarkarda, buyuk Horazmshoh, xalqimizning o‘lmas
milliy qahramoni.
Ne-ne podshohlar Chingizxonga taslim bo‘lib, oyog‘iga poyandozlar to‘shaganida Jaloliddin unga mardonavor qarshi chiqdi, o‘n
bir yil davomida Turkiston, Hindiston, Eronzamin va Qofqozda kuchlarni birlashtirib, hurriyat tug‘ini baland ko‘tardi, poydor davlat
tuzishga, mo‘g‘ul qo‘shinlarini ketma-ket mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Romandagi asosiy narsa jang-jadallar emas, balki shunday beshafqat
sharoitda odamlar qanday tutganliklari, ularning ong va ruhiyatida sodir bo‘lgan evrilishlar jozibasida, Ozodlik g‘oyasining
mo‘’jizakorligidadir."