Сайтимиздан нафақат электрон, балки қоғозли китобларга ҳам буюртма беришингиз мумкин.
Буюртмангиз Ўзбекистон почтаси орқали манзилингизга етказилади. Дўкон телефони: +99871 227-12-39

Энди Сиз сотиб олган китобларингизни юклаб олишингиз шарт эмас!
Эътибор беринг: ҳозирда бизнинг сайтимизда сотиб олинган электрон китоблар 3-та усулда ўқилиши мумкин:
мобил илова орқали, Windows-илова орқали ва сайтдаги онлайн-ўқувчи орқали. Батафсил -->

Адолат йўли

Адолат йўли
Кўрганлар, жами:

5089

Жанр/бўлим:

Бадиий адабиёт

Нашр йили:

2016

Тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

252

ISBN рақами:

978-9943-27-587-4

Парчани ўқинг
Электрон китоб (1,3Mb) :

3200 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар

Kitobga o‘tgan asrning 80-yillaridagi mash’um qatag‘on davri haqida yozilgan badiiy ocherk va publisistik maqolalar jamlandi. Ularda o‘sha fojiali kunlarning sovuq nafasi seziladi, ayni paytda xalqimizning bukilmas irodasi, ertangi kunga bo‘lgan qat’iy ishonchi aks etgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan ushbu xotiralar har bir vatandoshimizni kechagi fojiali o‘tmishimizni unutmaslikka, bugungi ozod va obod kunlarimiz uchun shukronalar aytishga, uning qadriga etishga chaqiradi.

Yoki «Paxta ishi»,

«O‘zbek ishi» aslida kimning ishi edi?

Hayotning hech bir kuch oldida bo‘yin egmaydigan, chekinmaydigan, abadul-abad o‘zgarmaydigan shunday qonunlari borki, ular insonni o‘ylashga, fikrlashga, voqea-hodisalardan xulosalar chiqarib yashashga undaydi. Bu dunyoda yaxshilik ham, yomonlik ham unutilmasligi, vaqti-soati kelib, tegishli bahosini olishi muqarrarligidan saboq beradi. Darhaqiqat, bunga o‘tmishdan istalgancha misollar keltirish mumkin. Biz sssr, «sobiq ittifoq», «sho‘rolar saltanati», «Qizil imperiya», deb ataydigan sovet tuzumi xalqimiz boshiga shunday kulfatlarni soldiki, bugun oradan yillar o‘tib, mustaqillik saodatidan bahramand avlod sifatida o‘sha dahshatli voqealarni xotirlab, ko‘z o‘ngimizga keltirsak, xalqimiz tortgan azob va iztirob, xo‘rliklarning chek-chegarasi bo‘lmaganini anglaymiz. Millionlab odamlarning qonini to‘kish orqali yaratilgan, qon to‘kishlar hisobiga yashab kelgan sovet tuzumi, hech mubolag‘asiz, yovuzlik imperiyasi edi. Sobiq ittifoq tarkibida yashagan birorta respublika, millat yoki elat yo‘qki, sovet davlatining qonli siyosati jabrini tortmagan bo‘lsin. Behisob zulm va zo‘ravonliklar bilan yashab kelgan sho‘ro saltanati o‘z umrining so‘nggi yillarida O‘zbekistonda yana bir mudhish jinoyatni sodir etdi. Halqimizga nisbatan yana bir ommaviy qatag‘on o‘tkazdi. 1983-1989 yillarda amalga oshirilgan bu qatag‘on «Paxta ishi», «O‘zbek ishi» degan soxta nomlar bilan niqoblangan bo‘lib, uning tagida yovuz maqsad yotardi. Dastlab odamlar nimalar bo‘layotgani, nega bunday bo‘layotganini anglashmadi. Qama-qama kun sayin avj olardi. Har tong otishi bilan biri-biridan sovuq, vahimali mishmish lar tarqalardi: «kechasi falonchaevni ham qamoqqa olishibdi», «falonchaevning oila a’zolarini ham olib ketishibdi», «falonchaev o‘zini o‘zi osibdi», «falonchaev o‘zini otibdi», «falonchaev tergov paytida falon qavatning derazasidan o‘zini tashlabdi...»

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Адолат йули