"Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspedisiya Temuriylar, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning hukumdor, ijodkor avlodlari
qoldirgan boy ilmiy, tarixiy, badiiy meroslarni chuqurroq o‘rganish maqsadida qilgan safarlari mobaynida Osiyo va Afrika qit’alaridagi
ko‘plab mamlakat va yurtlarni kezib chiqdi.
Ekspedisiya azosi, shoir va adib, publisist Qamchibek Kenjaning “Hind sorig‘a” deb nomlangan
asarida ana shunday safarlardan biri haqida maroqli hikoya qilingan edi. Ushbu kitob o‘sha safarnomaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda
Qirg‘iziston, Hitoy (Qashqar), Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Eron va Turkmaniston mamlakatlarining o‘ziga xos tabiati, odamlarning
yashash tarzlari, turfa odatlar, safar davomidagi mashaqqatlar va boshqa sarguzashtlar o‘z ifodasini topgan. Ayni vaqtda Boburiylar xayoti
va janglari bilan bog‘liq shahar hamda kentlarning tarixi va hozirgi, boburiy podshohlar yaratgan mo‘’jizaviy obidalar, bog‘lar nasru
nazmda xayrat va hayajon bilan tasvirlanadi."