Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2008
Ўзбек (кир)
80
978-9943-334-14-4
5000 сўм
Рейтинг |
Ushbu kitobda hikoya qilinadigan voqealar Surxondaryoning shimoli-sharq tomonida savlat bilan qo‘r to‘kib turgan Bobotog‘ tog‘lari bilan bog‘liq. Bu hikoyalarni bizga Oltinsoy tumanidagi Madaniyat mahallasida istiqomat qiluvchi bir tanishim so‘zlab bergan edi. Bu qissa asosan uning bolalik chog‘larida qishloqning podachi-cho‘poni Halli bobo bilan birga mol boqib, uzoq gurunglarda xabar topgan voqealari asosida yozilgan. Aslida, Bobotog‘ tog‘lari vohaning Sho‘rchi, Denov, Sarosyo va Uzun tumanlari hududiga qarashli bo‘lib, Oltinsoyning biror qishlog‘i bilan chegaradosh emas. Faqat bir zamonlarda zaharli ilonlar makon tutgan Vaxshivor tog‘lari Oltinsoy tumani hududida joylashgan. Ammo raviy bo‘lmish cho‘pon Halli boboning bolalik chog‘lari Bobotog‘ yonbag‘irlarida kechgan edi. Bobotog‘ etaklaridagi voqealar Halli boboning butun umri bo‘yi tilidan tushmadi. Aslida uning o‘zi ham yoshligida o‘sha hikoya va afsonalarda tasvirlangan mard, jasur, polvon insonlardan biri bo‘lgan edi. Shunday qilib, mana, o‘sha hikoyatu rivoyatlar.