Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2008
Ўзбек (кир)
42
5000 сўм
Рейтинг |
Mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarida o‘qitiladigan barcha musiqa fanlari mazmuni ham milliy istiqlol g‘oyasi asoslari negizida qaytadan shakllantirildi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘zbek xalqining boy musiqiy merosini, asrlar osha sayqal topib kelgan mumtoz asarlarni izchillik bilan o‘rganish va ularning badiiy ruhiyatidan foydalangan holda yuksak badiiy didni shakllantirish muhim ahamiyatga molik masaladir. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘zbek mumtoz musiqasi bilan tanishtirish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar bilan tanishtirish asosida ularning nafosat hissi va badiiy-musiqiy tushunchalarga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynovchi shaxslar sanaladilar. Shu sababli oliy ta’lim jarayonida ularning chuqur musiqiy bilimlarga ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish talab etiladi. Ta’lim jarayonida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining o‘zbek mumtoz musiqasi namunalari – maqomlar va mumtoz ashulalar bilan yaqindan tanishishlari, shuningdek, milliy cholg‘u sozlari (xususan, g‘ijjak va rubob)da ijro eta olish ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishlari ularda badiiy didni boyitishga imkon beradi. Mazkur metodik qo‘llanmada o‘zbek mumtoz musiqasi vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining badiiy didini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni ochib beriladi.