"Hozirgi zamon Eron bolalar adabiyotining taniqli vakili Faridun Amuzoda Haliliy bolalarga atab
yozilgan “O‘tin”, “Imtixon kunlari”, “Uch oy kanikul”, “Buvim biznikida mehmon bo‘lgan kun”, “Dodamning velosipedi”, “Buloqchaning
safari”, “Ikki dona pishmagan xurmo”, “Qarag‘ayzordan narida”, va katta yoshdagilar uchun yozilgan “Eski qilich” to‘plamlari uchun turli
mukofotlar sohibi bo‘lgan. Jumladan, uning “Buloqchaning safari” nomli hikoyalar to‘plami “Surushi javonon” hamda “Kayhoni bachagon”
jurnallari tomonidan “Yil kitobi” sifatida tan olingan va “O‘tin” hikoyalar to‘plami uchun YuNISEF tashkilotining maxsus sovriniga,
asarlar to‘plami uchun turli tashkilotlarning “Oltin oy” va “Oltin lavha” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Faridun Amuzoda Haliliy 2008
yili adabiy va madaniy sohalardagi faoliyati hamda xizmatlari uchun Eron Islom Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Birinchi
darajali san’at ordeni” bilan mukofotlangan."