Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2002
Ўзбек (лот)
112
7000 сўм
Рейтинг |
Qadrli bolalar!
Yozuvchimiz Miraziz A’zamning bu kitobini o‘qib chiqsangiz, ming yillik tariximizning turli ko‘chalarini ziyorat qilganday bo‘lasiz. Ulug‘ vatandoshlarimiz Imom Byxoriy, Mahmud Zamahshariy, Amir Temur va Ulug‘bek kabi siymolarning ba’zan kulgili, ba’zan achinarli, ammo ibratli hayot sahifalari ko‘nglingizga o‘rnashib qoladi degan fikrdamiz.
Qatnashuvchilar:
BIRINChI KO‘RINISh
Respublikadagi litseylardan birida odatdagi sinf.
Sinfda uch og‘ayni — Hakim, Saidva M a n s u r o‘tirishibdi.
Hakim: — Menga qara, Said, bir narsa hech xayolimdan ketmayapti. Sen nima deb o‘ylaysan: o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi munosabatlar qanday bo‘lishi kerak?
Said: — O‘zaro hurmatga asoslangan... Bu hammaga ma‘lum, ming marta aytilib kelgan gapku! Nimasini o‘ylaysan?
Hakim: — Albatta... turgan gap... Ammo men boshqa narsani aytmoqchi ydim. Deylik: o‘qituvchi dars bera turib adashdi... Noto‘g‘ri fikr aytdi. Buni bilmagan bola indamay eshitishi mumkin. Bilgan bola esa, yo fikrni tuzatishi, yo bilaturib indamasligi mumkin. Misol uchun, o‘qituvchini izza qilmay deb, indamaydi... faqat darsdan keyin muallimga sekingina xato qilganini aytadi, deylik... Shu to‘g‘rimi?...