Сайтимиздан нафақат электрон, балки қоғозли китобларга ҳам буюртма беришингиз мумкин.
Буюртмангиз Ўзбекистон почтаси орқали манзилингизга етказилади. Дўкон телефони: +99871 227-12-39

Энди Сиз сотиб олган китобларингизни юклаб олишингиз шарт эмас!
Эътибор беринг: ҳозирда бизнинг сайтимизда сотиб олинган электрон китоблар 3-та усулда ўқилиши мумкин:
мобил илова орқали, Windows-илова орқали ва сайтдаги онлайн-ўқувчи орқали. Батафсил -->

Жудолик диёри 1-китоб

Жудолик диёри 1-китоб
Кўрганлар, жами:

6461

Муаллиф:

Нашр йили:

2007

Тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

384

Нашриёт:

Шарқ

ISBN рақами:

978-9943-00-058-2

Парчани ўқинг
Электрон китоб (5Mb) :

9600 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Фикр ва мулоҳазалар

«Jondan aziz ukajonim, Maqsud, bu besh kunlik omonat dunyoni sizlarga tashlab keta turib, u ota yurtni, sizlarni, xolalarimu pochchalarimu tog‘alarimni, bu dunyodan o‘tib ketgan barcha mahalladoshlarni esladim. Va Ulug‘xo‘jaboylar sulolasining umidli novdasi bo‘lgan senga shu omonat gaplarimni qoldirgim keldi...

Maqsud, qo‘y, o‘zingni bos. Yig‘lama. Men senga armonlarimnimas, o‘z xato-yu gunohlarimni to‘kmokdaman. Yolg‘iz Olloh va o‘zimgina biladigan gunohlarimni senga ishonib aytmokdaman. Sen uzoqqa boradurgan yigitsan, tushunib olarsan, deb o‘ylayman. Yurtimizda kimlar meni qaroqchi deb atar, kimlar so‘nggi bosmachi, deb tavqi la’nat tamg‘asini bosib ham qo‘ygandir. Balki, ba’zilar birovning to‘yini buzib, nikohidagi ayolini olib qochgan nobakor deb bilar. Lekin men, Hudovandi Karimga ming qatla shukrlarki, u gunohi azimga botib ulgurmadim. Mening gunohim boshqa narsada: bu dunyoda har neki Ollohning izni-irodasisiz bo‘lmasligini unutib, Bahriddin oshnamning qasosini olmaguncha qo‘ymayman, deb qasam ichganim va shu niyat bilan bir bandaga bilib-bilmay zulm o‘tkazib qo‘yganimdir! Men sultonlar ham jur’at etolmaydigan bir jazoni inson bolasiga, Hudo qo‘shqo‘llab urib qo‘ygan kimsaga ravo ko‘rib, yomon adashibman. U asli beayb bo‘lib chikdi, Maqsud...»

Adib Murod Mansurning «Judolik diyori» asari ana shu tarix va kechmishlar haqida bahs etadi.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!