Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2012
Ўзбек (лот)
232
978-9943-4085-9-3
9400 сўм
Рейтинг |
Temir yo‘l transportida qo‘llaniladigan ko‘p kanalli aloqani tashkillashtirishning dolzarb masalalari tavsiflandi, analog va raqamli uzatish tizimlarining eng asosiy qurilmalari ko‘rib chiqildi.
O‘quv qo‘llanma «Temir yoi transportida tezkor texnologik aloqadan foydalanish bo‘yicha ustasi» mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan temir yo‘l transporti kollejlarining talabalariga va «Telekommunikatsiya» yo‘nalishi bakalavrlariga moijallangan.
Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Shaxsiy munosabatdan jamiyatdagi munosabatgacha, imo-ishoralar, mimikalar, qoyatoshlardagi rasmlar, tovushlar, yorug‘lik (tutun), pochta, vuk hamda yo‘lovchilarni otli aravada tashish orqali va optik semafor yordamida amalga oshiriladigan oddiy bog‘lanishlardan boshlab turli-tuman axborotni saqlash, taqsimlash, ishlov berish, qabul qilish va uzatishni ta’minlovchi ulkan telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini yaratishgacha bo‘lgan aloqa vositalarining muttasil va jadal suratda rivojlanishi insoniyat sivilizatsiyasining taraqqivoti hisoblanadi. Axborot so‘zi orqali, u qanday usulda taqdim etilishidan qat’i nazar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, tushunchalar hamda dalillar, jismlar va insonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuyi tushuniladi.
Axborot manbayidan iste’molchiga uzatish uchun uning taqdim etilayotgan ko‘rinishi ma’lumot deviladi. Telekommunikatsiva sohasiga muvofiq ma’lumot – bu elektromagnit signallar yordamida elektr aloqa vositalari orqali uzatilayotgan axborot. Telegrammalarning matni, nutq, musiqa, fototelegramma-faks, televizion tasvir, hisoblash mashinalarining chiqishidan olinayotgan ma’lumotlar, teleboshqaruv va telenazorat tizimlaridagi komandalar va boshqa ma’lumotlar misol bo‘la oiadi...