Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2013
Ўзбек (лот)
84
978-9943-4101-8-3
6000 сўм
Рейтинг |
Turk bolalar va yoshlar adabiyotining mohir adibasi Gultan Doyio'g'lining hikoyalari Respublikamiz vaqtli matbuotida - «Saodat», «Gulxan» jurnallarida ham chop etilgan bo'lib, ularda, asosan, tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlar, mazkur rishtaning nozik jihatlari o'z ifodasini topgan. Muallif ularning aksariyatida tabiat go 'zalliklarini bolalar ko'zi bilan ko 'radi, tabiat qonuniyatlarini bolalar yuragi bilan his qilib,ular ongu tafakkuri bilan tadqiq etishga urinadi.
Mazkur hikoyalar ulg'ayib kelayotgan yosh avlod qalbida tabiatga mehr uyg'otadi, atrof-muhitga e'tiborli bo'lishga, Ona-Tabiatni asrab-avaylashga o'rgatadi, deb ishonamiz.
XAYRI GILOS KO'CHATINI SEVIB QOLGANDI
O'simliklar bilan insonlar orasida sevgi rishtasi bog'lanishi mumkinmi? Siz bunday narsaga ishonasizmi, bilmayman. To'g'risi, meni ham ishongim kelmasdi. Faqat bundan bir necha yil muqaddam qiziqarli bir voqeaga guvoh bo'ldim. Endi, bunga yurakdan ishonaman.
Qo'shnimning oriqqina bir o'g'li bor edi . Oila uning ko'zlariga qarab turar, bir aytganini ikki qilmasdi. Ammo yigitcha qandaydir juda sekin ulg'ayar, hech yetuklik pallasiga kira qolmasdi. Oxiri o'pkasi kasalligi ma'lum bo'ldi. Hammamiz juda xafa bo'ldik. Ayniqsa onasi, otasi chidab bo'lmas qayg'u-hasratlarga cho'mishdi. Bolaning oti Xayri edi. Kasallik tashxisi qo'yilganda, Xayrijonning ham boshi egildi. O'ynash taqiqlangan, chopish taqiqlangan, terlash taqiqlangan, charchash taqiqlangan edi... Holbuki, oldinlari maktabdan qaytishda uylari joylashgan binoning orqasidagi daraxtzorda bolalar bilan o'ynardi. Xastaligini bilgach, tamoman uyga qamalib oldi...