"Azaldan ota oilaning mustahkam qo‘rg‘oni, tayanch tog‘i hisoblangan. Aksar hollarda oilaning sha’ni, obro‘si otaning oiladagi va qo‘ni-qo‘shnilar orasidagi o‘rni bilan belgilangan. Biroq otalikning, bu nomga munosib bo‘lishning ham o‘ziga yarasha talablari bor, albatta. Ushbu kitob mustaqil hayotga kirib kelayotgan, yangi oila qurayotgan va qurib ulgurgan yigitlarga maslahatlardan iborat bo‘lib, unda ota bo‘lishning mas’uliyatli jihatlari, oila mustahkam va sog‘lom bo‘lishi, farzandlarning qobil, bilimli, hunarli bo‘lib voyaga etishida otaning o‘rni va roli ko‘plab hayotiy misollar yordamida keng va batafsil yoritib berilgan."