"O‘zbek isimlari nihoyatda rang-barang. Ular mazmunan boy va tarixiydir. Ushbu kitobda xalqimiz orasida qo‘yilib
kelinayotgan 14600 ga yaqin ism jamlandi. Asosiy maqsad bu isimlarning ma’nosini ko‘rsatish va ota-onalarga yangi tug‘ilgan farzandlari
uchun o‘zlariga ma’qul bo‘lgan isimlarni tanlashga yordam berishdir.
Ayni vaqtda kitob o‘zbek isimlarining kiril va lotin yozuvida
yozilishida har bir kishiga, qolaversa, rasmiy idoralarga ko‘mak berib, bu borada qo‘llanma vazifasini o‘taydi."