Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2023
Рус, Ўзбек (лот)
213
Мавжуд эмас
Рейтинг |
Statistik to'plamda 0‘zbekiston Respublikasi aholisi soni to'g'risidagi ma'lumotlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida taqdim etilgan.
Doimiy aholi soni to'g'risidagi ma'lumotlar 2019-2023- yillar 1- yanvar holatiga aholining jinsi, yoshi, shahar va qishloq aholisi kesimida keltirilgan.
Shahar va qishloq aholisi soni to'g'risidagi ma'lumotlar 2023-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha tuman va shaharlar kesimida keltirilgan.
Aholi soni hisobot davrida tug'ilganlar va ko'chib kelganlar sonini hisobot boshidagi aholi soniga qo'shib, o'lganlar va ko'chib ketganlar sonini ayirish orqali mamlakat hududi yoki uning bir qismi aholisi sonini aniqlash natijasida hisoblangan.
Tug'ilish, o‘lim, nikoh va nikohdan ajralish to'g'risidagi ma'lumotlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan tug'ilganlik, o'lim, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari asosida shakllanadigan yillik statistik ma'lumotlar asosida keltirilgan. Tug'ilganlar soniga faqatgina tirik tug'ilganlar kiritilgan.
Aholi migratsiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar ichki ishlar idoralari tomonidan taqdim etiladigan “kelganlik” va “ketganlik” to'g'risidagi statistik hisobga olish talonlari asosida shakllanadigan yillik statistik ma'lumotlar asosida keltirilgan.