Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2023
Рус, Ўзбек (лот)
288
Мавжуд эмас.
Буюртма учун: (90) 959-25-26
Рейтинг |
Nashrda hisobot davri uchun statistik ko'rsatkichlar Yevropa hamjamiyatining Iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasniflagichiga (NACE Rev.2) asoslangan 0‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2) bo'yicha shakllantirilgan va taqdim etilgan.
Shu bilan birga, mavjud iqtisodiy faoliyat turlaridan foydalanishda IFUT-2 talablari qo'llanilgan. Xususan, foydalanilayotgan yoki qayta ishlanayotgan mahsulotlarni ularning yangi turlariga qayta shakllantirishga yo'naltirilgan barcha faoliyat turlari ishlab chiqarish jarayonlariga kiritilgan: tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, qayta ishlab chiqarish sanoati, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash, suv ta'minoti, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish, qurilish (tasniflagichning B,C,D,E,F seksiyalari). Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini, iqtisodiyot tarmog'i sifatida talqin qilishdagi tafovutni bartaraf etish maqsadida, yangilangan tasniflagichda qishloq xo'jaligi faqatgina dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olmay, balki o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari mahsulotlarini ham o‘z ichiga oladi (Seksiya A “Qishloq, o'rmon va baliqchiliq xo'jaligi”).